HAMKORLIK SHARTNOMASI (OFERTA)
Uzum Market, O'zbekiston Respublikasi
Joylashtirish sanasi: juma, 21-avgust, 2026, 12:52:52
Kuchga kirgan sana: juma, 21-avgust, 2026, 12:52:52
Mazkur hamkorlik shartnomasi (keyingi o‘rinlarda «Shartnoma» deb yuritiladi) «UZUM MARKET» MCHJ XK (keyingi o‘rinlarda «Kompaniya» deb yuritiladi) tomonidan quyida ko‘rsatilgan shartlarda cheklanmagan doiradagi shaxslarga (keyingi o‘rinlarda «Hamkor» deb yuritiladi) ochiq taklif (Oferta) hisoblanadi. Ushbu Ofertaning aksepti Hamkor tomonidan ushbu Shartnomaning barcha shartlarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
1. TERMINLAR VA TA'RIFLAR
Shartnoma - mazkur shartnoma «UZUM MARKET» MChJ XK (keyingi o'rinlarda - Kompaniya) tomonidan cheklanmagan doiradagi shaxslarga (keyingi o'rinlarda - Hamkor) yo'naltirilgan ommaviy taklif (oferta) hisoblanadi hamda uning ajralmas qismi bo'lgan barcha ilovalarni o'z ichiga oladi.
Uzum Market - https://uzum.uz manzilidagi veb-sayt bo'lib, u Kompaniyaning ma'lumotlar bazasi hisoblanadi, unda Buyurtmalarning holati va harakati, Kompaniya topshiriqlarining bajarilishi to'g'risidagi ma'lumotlar va boshqa ma'lumotlar, shuningdek ularni qayta ishlash vositalari mavjud. Uzum Market'ga Kompaniya o'z faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanadigan mobil ilova ham kiradi.
Kompaniya - «UZUM MARKET» MCHJ XK (Uzum Market); STIR 309376127; Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyog'och ko'chasi, 132-A uy.
Hamkor - ushbu Shartnomaga muvofiq buyurtmalarni berish punktini ijaraga olish va boshqarish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor.
Buyurtma - Uzum Market assortiment ro'yxatidan Xaridor tomonidan tanlangan va to'langan bir yoki bir nechta tovar pozitsiyalari.
Jo'natma - bitta Buyurtmadan bir yoki bir nechta mahsulotni o'z ichiga olgan qadoq.
Tijorat siri - ma'lumotlarni maxfiy saqlash tartibi bo'lib, u egasiga mavjud yoki mumkin bo'lgan sharoitlarda daromadni oshirish, ortiqcha xarajatlardan qochish, bozor mavqeini saqlash yoki boshqa tijorat foydasini olish imkonini beradi.
Maxfiy axborot - ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq Hamkor tomonidan kirish huquqi berilgan, yozma yoki og'zaki shakldagi har qanday ma'lumot bo'lib, jumladan Kompaniya tomonidan taqdim etilgan hamda Kompaniya tomonidan tijorat siri tartibida saqlanishi belgilangan ma'lumotlarni ham o'z ichiga oladi. Maxfiy axborotga har qanday tijorat, moliyaviy, tahliliy, o'quv, operatsion yoki boshqa ma'lumotlar, huquqiy va texnik hujjatlar, biznes-rejalar, Kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar va loyihalar, har qanday shartnomalar, kelishuvlar, baholar nusxalari va asl nusxalari, tahlil usullari, hisobotlar, tadqiqotlar va boshqa hujjatlar, shu jumladan elektron shakldagi hujjatlar kiradi.
Buyurtmalarni tarqatish punkti (BTP) - Kompaniya tomonidan xaridorlarga buyurtmalarni tarqatish amalga oshiriladigan bino bo'lib, u Hamkor tomonidan ijaraga olingan yoki Hamkor mulkida bo'lib, Kompaniyaga sub-ijara asosida berilgan bo'lishi mumkin.
Tovar - Sotuvchiga tegishli bo'lgan va ushbu Shartnomani bajarish uchun hamkorga topshirilgan turli xil tovarlar.
Xaridor - Uzum Marketda buyurtma berish orqali Sotuvchidan tovarlarni masofadan turib sotib oluvchi voyaga yetgan muomalaga layoqatli shaxs.
Bino - Buyurtmalarni tarqatish punktining joylashgan binosi bo'lib, Hamkor yoki Kompaniya mulkida bo'ladi.
Sotuvchi - O'zbekiston Respublikasi hududida ro'yxatdan o'tgan va xaridorlarga tovarlarni masofadan turib sotishni amalga oshiruvchi, Uzum Market xizmatida (https://seller.uzum.uz/seller/signin) ro'yxatdan o'tgan va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq https://seller.uzum.uz/seller/agreement/ manzili bo'yicha ofertani qabul qilgan (aksept qilgan) yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki o'zini o'zi band qilgan shaxs.
Ijtimoiy tarmoqlar Internet - odamlar va tashkilotlar o'rtasida muloqot qilish uchun mo'ljallangan resurslar.
Messenjer - tezkor xabarlar xizmati (masalan, Telegram, WhatsApp va boshqalar).
Kompaniyaning standartlari - Kompaniyaning binoga bo'lgan o'ziga xos xususiyatlari va talablari, muloqot skriptlari, reglamentlari, hisobga olish shakllari, yo'riqnomalari va Kompaniya tomonidan qo'yiladigan boshqa talablar.
Hudud - Hamkor ushbu Shartnoma bo'yicha binoni ijaraga oladigan va xizmatlar ko'rsatadigan aniq manzilni (shu jumladan uy raqamini) ko'rsatishi.
BTP faoliyatining boshlanishi - Buyurtma blankasida yetkazib berish va topshirish joyi sifatida ushbu BTP manzili ko'rsatilgan holda Xaridor tomonidan birinchi amalga oshirilgan Buyurtma payti.
Marketing materiallari - BTP faoliyati davomida Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan Uzum Market faoliyati to'g'risidagi axborot materiallari.
BTPni deaktivatsiya qilish - BTPni Xaridorlarga Uzum Market orqali yangi Buyurtmalar berish uchun mavjud bo’lgan BTPlar qatoridan vaqtincha chiqarib qo’yish (jumladan, BTPni xaritada va o’zi olib ketish punktini tanlash interfeyslarida yashirish) bo’lib, bunda BTP oldin rasmiylashtirilgan va BTPga yetkazib berilgan Buyurtmalarni topshirishni, qaytarishlarni qabul qilishni va boshqa operatsion faoliyatni odatdagi tartibda davom ettiradi. Deaktivatsiya Shartnomani bekor qilish hisoblanmaydi va Tomonlarning majburiyatlarini to’xtatmaydi.
Kirish guruhi - bino kirishidagi me'moriy va muhandislik elementlari to'plami bo'lib, unga reklama yoki peshlavha kiradi.
Uzum Market obro'siga zarar - Hamkorning har qanday xatti-harakatlari, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlardagi Uzum Market haqida obro'sizlantiruvchi ma'lumotlarni tarqatishga qaratilgan xabarlar.
Jira Service Management - ma'lum BTPda Shartnoma shartlariga mos kelmaydigan holatlarni qayd etish va ularni tuzatish muddatlarini belgilash uchun mo'ljallangan dasturiy ta'minot. «Jira Service Management»dagi ish tartibi Shartnoma ilovasi №3da tasdiqlangan.
Brendlangan kiyimlar - Hamkor tomonidan sotib olinadigan va xodimlariga Uzum Market brendi tanilishini oshirish maqsadida taqdim etiladigan kiyim to'plamlari.
Hududiy boshqaruvchi (menejer) - BTPni ochish va uning ishini boshqarishda hamkorga hamrohlik qiluvchi Kompaniya xodimi.
Gaydbook - kompaniya brendi uslubi va dizayni bilan ishlashni tavsiflovchi qo'llanma.
Didox - elektron hujjat aylanish tizimi.
NKM - Nazorat-kassa mashinasi.
Ekveyring terminallari - bank kartalarini o'qish va naqd pulsiz to'lovlarni qabul qilish uchun mo'ljallangan qurilmalar bo'lib, Kompaniya tomonidan Hamkorga moddiy qiymatlarni qabul qilish-topsirish akti asosida to'lovlarni qabul qilish uchun taqdim etiladi.
WMS (Warehouse Management System) - tovarning omborga kelib tushishidan to Xaridorga jo'natilishigacha bo'lgan ombor biznes jarayonlarini avtomatlashtirish dasturi.
Bank - Bank kartalarini emissiya qiluvchi va tegishli to’lov xizmatini ko’rsatuvchi «UZUM BANK» AJ.
To’lov agenti - Kompaniya va Bank o’rtasida tuzilgan agentlik shartnomasi asosida Bank nomidan to’lov xizmatlarini ko’rsatuvchi Kompaniya.
To’lov subagenti - ushbu Ofertani aksept qilgan va shu aksept kuchiga ko’ra Kompaniya tomonidan Bank kartalarini tarqatish va topshirish bo’yicha Bank nomidan to’lov xizmatini ko’rsatish uchun to’lov subagenti sifatida jalb qilingan Hamkor. To’lov xizmatlarini amalda ko’rsatish huquqi faqat Faollashtirilgan BTPga nisbatan yuzaga keladi.
Bank kartasi - Bank tomonidan emissiya qilingan va Maxsus shartlarda belgilangan tartibda Bank mijoziga topshiriladigan jismoniy bank kartasi.
Bank mijozi - Bank kartasini olish uchun ariza bergan va uni olish uchun BTPga murojaat qilgan jismoniy shaxs.
Faollashtirilgan BTP - to’g’risidagi ma’lumotlar Bank tomonidan to’lov xizmatlari ko’rsatiladigan joylarning tegishli reyestriga kiritilgan va Kompaniya tomonidan alohida xabarnoma bilan Bank kartalarini topshirishga ruxsat berilgan BTP.
Maxsus shartlar - Hamkorni Bank kartalarini tarqatish va topshirish bo’yicha to’lov subagenti sifatida jalb qilishni tartibga soluvchi, mazkur Shartnomaning 5-ilovasi.
Sanksiyaga tortilgan shaxs - blokirovka qiluvchi sanksiyalar yoki operatsiyalarni to'liq taqiqlash joriy qilingan har qanday shaxs, jumladan, (i) OFAC (AQSh) sanksiyalar ro'yxatiga kiritilgan shaxslar, (ii) Buyuk Britaniya (OFSI) sanksiyalar ro'yxati, (iii) YIs moliyaviy sanksiyalar umumiy ro'yxati, (iv) BMT Xavfsizlik Kengashi ro'yxatlariga kirgan shaxslar yoki 50% va undan ko'proq ulushi sanksiyaga tortilgan shaxslarga tegishli bo'lgan shaxslar.
Sanksiyalar - majburiy kuchga ega normativ hujjatlar bo'lib, maxsus iqtisodiy cheklov choralarini nazarda tutadi (masalan, aktivlarni muzlatish, hisoblarni bloklash, eksport va reeksport cheklovlari) va O'zbekiston Respublikasi davlat organlari, YIning Kengashi va Komissiyasi (ro'yxat: https://www.eeas.europa.eu/eeas/european-union-sanctions_en), Buyuk Britaniya hukumati (ro'yxat: http://www.hm-treasury.gov.uk/d/sanctionsconlist.htm), BMT (ro'yxat: https://www.un.org/securitycouncil/content/un-sc-consolidated-list) va AQSh hukumati (OFAC ro'yxati: https://ofac.treasury.gov/specially-designated-nationals-and-blocked-persons-list-sdn-human-readable-lists) tomonidan joriy etiladi.
Talabnoma - Xaridorning yoki uchinchi tomonning (Sotuvchi, Qabul qiluvchi) hamkor tomonidan o'z majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi yuzasidan rasmiy murojaati.
Videoarxiv - BTPda o'rnatilgan videokuzatuv kameralaridan olingan va kamida 90 kalendar kun saqlanadigan yozuvlar.
Daqiqalik xulosa - Hamkor tomonidan videoyozuvni tahlil qilish asosida tayyorlangan yozma hujjat bo'lib, unda harakatlar ketma-ketligi (vaqt ko'rsatilgan holda) va grafik belgilar bilan skrinshotlar tasvirlangan.
Jarima balli - Tomonlar tomonidan jarimalar, sanksiyalar va boshqa moliyaviy majburiyatlar miqdorini belgilash uchun foydalanadigan shartli hisob-kitob birligi. 1 jarima balli 10 000 (o'n ming) so'mga teng.
Topshiruvchi shaxs - Kompaniya tomonidan Hamkorning BTPiga Buyurtmalar/Tovarlarni topshirishga belgilangan va/yoki ruxsat berilgan, Shartnoma, 1-ilova, Hamkor kodeksi va Kompaniyaning boshqa qo'llaniladigan ko'rsatmalari bilan belgilangan tartibda harakat qiluvchi shaxs.
2. SHARTNOMA PREDMETI
2.1. Ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq, Hamkor o'z hisobidan, Kompaniya nomidan va uning topshirig'iga binoan quyidagi harakatlarni amalga oshirish majburiyatini oladi:
2.1.1. Kompaniyadan Tovarni qabul qilish va Tovarni Xaridorga topshirish;
2.1.1.1. Hamkorning BTPiga Topshiruvchi shaxslar tomonidan topshiriladigan Buyurtmalar/Tovarlarni Shartnoma, 1-ilova, Hamkor kodeksi va Kompaniyaning boshqa qo'llaniladigan ko'rsatmalari bilan belgilangan tartibda qabul qilish.
2.1.2. Xaridordan qaytarilgan Buyurtmalarni/Jo'natmalarni yoki Buyurtma/Jo'natma tarkibiga kiruvchi alohida tovarlarni qabul qilish.
2.1.3. Kompaniyaga («qaytarish» jarayonini rasmiylashtirish) Buyurtmalar/Jo'natmalar yoki alohida Tovarlarni topshirish, agar ular Xaridorlar tomonidan Kompaniya tomonidan belgilangan muddat davomida talab qilinmagan bo'lsa yoki masofaviy savdo va iste'molchi huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan asoslarda qaytarilgan bo'lsa.
2.1.4. Binoni ushbu Shartnoma, uning ilovalari va Kompaniya standartlari, reglamentlari va yo'riqnomalarida belgilangan talablarga muvofiq tegishli holatda saqlash.
2.1.5. O'z binosi bo'lmagan taqdirda, Hamkor har bir BTP ob'ektini o'z mablag'i hisobidan ijaraga oladi. Hamkor Kompaniyaga ijaraga yoki subarendaga beriladigan binolar bo'yicha quyidagilarni kafolatlaydi:
uchinchi shaxslarga ijaraga, subarendaga, bepul foydalanishga yoki boshqa shakldagi egalik huquqi bilan berilmagan, bundan mustasno, ushbu Shartnoma asosida yoki Kompaniya bilan kelishuv orqali binoning bir qismi Kompaniyaga topshirilishi;
xonani belgilangan maqsadlar bo'yicha foydalanishga to'sqinlik qiluvchi har qanday holatlardan xoli bo'lishi;
ijaraga/subarendaga berilgan muddat davomida ko'rsatilgan holatda saqlanishi;
2.1.5.1. Hamkor ushbu Shartnomani tuzish paytida va uning amal qilish davri mobaynida quyidagilarni kafolatlaydi:
a) binoga arest qo’yilmagan;
b) binoning 2.1-bandda ko’rsatilgan maqsadlarda foydalanishga cheklovlar (taqiqlar) yo’q;
v) binoda Kompaniyaning foydalanishiga to’sqinlik qiluvchi og’irliklar yo’q.
Ushbu kafolatlar buzilgan taqdirda, Kompaniya Shartnomani bir tomonlama suddan tashqari tartibda bekor qilish va zararlarni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
2.1.6. Xodimlarni ishga qabul qilish va ularga o'z vaqtida ish haqi to'lash. Xodimlarni o'qitish maqsadida hamkor ularning shaxsiy ma'lumotlarini Marketga topshiradi, bunda topshiriq shartnomasi (4-ilova) asosida ularni qayta ishlash va uchinchi shaxslarga berishga oldindan rozilik oladi.
2.1.7. Kompaniyaning Ekvayring terminallari va NKMlaridan foydalangan holda Xaridorlardan Buyurtmalarni to'lash uchun naqd va naqdsiz pul mablag'larini qabul qilish.
2.1.8. BTPning ijaraga olingan binosining bir qismi uchun Kompaniya bilan ijara/ikkilamchi ijara shartnomasini tuzish.
2.1.9. Haftada 7 kun soat 10:00 dan 20:00 gacha BTP ishini tashkil etish.
2.1.10. BTPda Uzum Market brendli reklama peshlavhasini tayyorlash va o'rnatilishini ta'minlash, bu Gaydbook, brend uslubi, Kompaniya texnik va vizual talablariga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining tashqi reklama masalalarini tartibga soluvchi qonunchiligiga muvofiq amalga oshirilishi.
2.1.11. Brendli reklama belgisi tayyorlash va o'rnatishni o'z xarajatlari hisobiga, ushbu Shartnoma 1-ilovasiga muvofiq ta'minlash.
2.1.12. Brendli reklama belgisi joylashtirilishi uchun barcha zarur kelishuvlar, ruxsatnomalar va reklama joyi pasportlarini olish va uni vakolatli davlat organlari talablariga mosligini ta'minlash.
2.1.13. Shartnoma amal qilish muddati davomida Kompaniya bilan kelishilgan holda BTPda marketing va boshqa aksiyalarni o'tkazish (shu jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda, Kompaniya tomonidan taqdim etilgan bukletlarni Xaridorlarga jo'natmalarni topshirishda tarqatish, Kompaniya tomonidan taqdim etilgan axborot plakatlarini joylashtirish), ularning maqsadi Kompaniya va uning xizmatlari va servislariga e'tiborni jalb qilish, qiziqishni shakllantirish yoki qo'llab-quvvatlashdir. Marketing va boshqa aksiyalar Hamkor tomonidan alohida to'lanmaydi va Kompaniya tomonidan alohida hisoblanmaydi; ularning qiymati Ilova №2da belgilangan mukofot miqdoriga kiritilgan.
2.1.14. Ushbu Ofertani aksept qilgan paytdan boshlab Hamkor Kompaniya tomonidan Maxsus shartlarda nazarda tutilgan tartibda Bank nomidan Bank kartalarini tarqatish va topshirish bo’yicha to’lov xizmatini ko’rsatish uchun to’lov subagenti sifatida avtomatik ravishda jalb qilinadi.
2.1.15. Ushbu Ofertani aksept qilish bir vaqtning o’zida Maxsus shartlarni to’liq va so’zsiz qabul qilishni hamda Kompaniya (to’lov agenti sifatida) bilan Hamkor (to’lov subagenti sifatida) o’rtasida subagentlik shartnomasi tuzilganligini bildiradi. Bunda to’lov xizmatlarini amalda ko’rsatish va Bank kartalarini topshirish huquqi faqat zarur ma’lumotlar reyestrga kiritilgandan, Bank va Kompaniyaning talablari bajarilgandan hamda tegishli BTPni faollashtirish to’g’risida xabarnoma olingandan so’ng yuzaga keladi.
2.1.16. To’lov xizmatlarini ko’rsatishda Hamkor Kompaniyaning to’lov subagenti maqomida faoliyat yuritadi, to’lov xizmatini Bank nomidan ko’rsatadi va bank, Bankning filiali, to’lov tashkiloti yoxud mustaqil bank mahsuloti taqdim etuvchisi hisoblanmaydi.
2.2. Kompaniya esa o'z zimmasiga quyidagilarni oladi:
2.2.1. Ko'rsatilgan xizmatlar uchun Hamkorga mukofot to'lash.
2.2.2. BTP tashkil etish uchun Hamkor tomonidan ijaraga olingan har bir binoning bir qismini subarendaga olish.
2.2.3. Kompaniyaga tegishli KKM va Ekveyring terminallarini moddiy-madaniy qiymatlar qabul qilish-va-topsirish akti asosida taqdim etish.
2.2.4. Hamkor xodimlari bilan faqat Kompaniyaga tegishli bo'lgan NKM va Ekvayring terminallari bilan operatsiyalarni bajarish uchun O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq 0,1 stavkaga mehnat shartnomalarini tuzish. Kompaniya bunday xodimning xatti-harakatlari uchun faqat Kompaniya bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bo'yicha majburiyatlarni bajarish doirasida va NKM hamda Ekvayring terminallaridan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan operatsiyalar qismida javobgar bo'ladi. Hamkorning topshirig'iga binoan PVZ ishi doirasida xodim tomonidan amalga oshirilgan boshqa harakatlar uchun Kompaniya oldida Hamkor javobgar hisoblanadi.
2.2.5. Ushbu Shartnomaning 2-ilovasida belgilangan tartib va miqdorda BTPni tezkor ochish uchun Hamkorga kompensatsiya to'lash.
3. SHARTNOMA AMAL QILISH MUDDATI
3.1. Shartnoma Hamkor tomonidan ushbu Oferta qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi va Tomonlarning majburiyatlari ushbu Oferta va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda tugatilgunga qadar amal qiladi.
3.2. Ushbu Oferta qabul qilingan paytdan boshlab, Hamkor va Kompaniya o'rtasida o'xshash xizmatlar ko'rsatishni tartibga soluvchi ilgari tuzilgan barcha shartnomalar kelajakda o'z kuchini yo'qotadi. Shu bilan birga, ilgari tuzilgan shartnomalarning bekor qilinishi Tomonlarning ushbu Oferta aksepti sanasigacha yuzaga kelgan huquq va majburiyatlariga, shu jumladan to'lov, mol-mulkni qaytarish, zararlarni qoplash, jarimalarni to'lash, maxfiylikka rioya qilish va nizolarni hal qilish majburiyatlariga ta'sir qilmaydi.
3.3. Hamkorning to’lov subagenti sifatidagi maqomi Ofertani aksept qilish bilan bir vaqtda yuzaga keladi va Shartnomaning amal qilish muddatini o’zgartirmaydi. Shartnomaning bekor qilinishi Hamkorning to’lov subagenti sifatidagi maqomini tugatadi, tegishli BTPga nisbatan Shartnomaning bekor qilinishi esa shu BTPda to’lov xizmatlarini ko’rsatish huquqini avtomatik ravishda tugatadi.
4. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
4.1. Kompaniya quyidagilarni o'z zimmasiga oladi:
4.1.2. Hamkorga Xizmatlarni ko'rsatish uchun zarur va yetarli bo'lgan Xaridorlar haqidagi ma'lumotlarni taqdim etish.
4.1.3. Hamkorga bir martalik va har oylik mukofotni to'lab berish.
4.1.4. To’lov xizmatlari qismida Kompaniya Hamkorni ulash uchun zarur bo’lgan Bank bilan o’zaro hamkorlikni tashkil etish, majburiy ko’rsatmalarni yetkazishni ta’minlash, ko’rsatilgan to’lov xizmatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va Maxsus shartlarda belgilangan tartibda mukofot to’lash majburiyatini oladi.
4.1.3. Topshiruvchi shaxslardan Buyurtmalar/Tovarlarni qabul qilish Hamkor tomonidan faqat Kompaniyaning WMS tizimida tegishli ma'lumotlar mavjud bo'lganda amalga oshiriladi. Hamkor har bir qabul qilinayotgan Buyurtma/Tovarni skanerlaydi va qabul qilish faktini Kompaniya tizimida qayd etadi.
4.1.4. Agar Buyurtma/Tovar Kompaniyaning WMS tizimida mavjud bo'lmasa, tegishli BTPga topshirilmagan bo'lsa, o'rami shikastlangan bo'lsa yoki amalda topshirilayotgan birliklar soni WMS ma'lumotlaridan farq qilsa, Hamkor qabul qilishni tasdiqlamaslik yoki nomuvofiqlikni qayd etish majburiyatini oladi.
4.2. Hamkor quyidagilarni o'z zimmasiga oladi:
4.2.1. Kompaniya tomonidan Hamkorga Ariza blankasi yuborilgan kundan boshlab 5 (besh) kalendar kundan kechiktirmay, ushbu Shartnomada ko'rsatilgan har qanday usulda Ariza blankasini imzolash. Kompaniya ko'rsatmalariga muvofiq ushbu Shartnoma bo'yicha majburiyatlarni vijdonan va oqilona bajarish.
4.2.2. Shartnomani bajarishda ushbu Shartnomaning ajralmas qismi bo'lgan Uzum Market BTP faoliyati bo'yicha qo'llanmada (ushbu Shartnomaning 1-ilovasi) keltirilgan talablarga rioya qilish. Xaridorlar bilan muloqot qilishda do'stona munosabat va mijozga e'tibor ko'rsatish.
4.2.3. Kompaniya talabiga binoan Xizmatlarning bajarilish jarayoni haqida barcha ma'lumotlarni darhol taqdim etish.
4.2.4. Xaridorlarning shaxsiy ma'lumotlari to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash, bunday ma'lumotlarning oshkor etilishiga yo'l qo'ymaslik, Shartnomada va (yoki) O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
4.2.5. Kompaniya servislariga tegishli ma'lumotlarni kiritish orqali o'z faoliyati doirasidagi barcha operatsiyalarning batafsil hisobini yuritish.
4.2.6. Uzum Market'dan foydalanish bilan bog'liq barcha muammolarni aniqlangandan so'ng 2 soat ichida Kompaniyani xabardor qilish.
4.2.7. BTPni tegishli holatda saqlash, Shartnoma va uning ilovalari hamda Kompaniya brendbuk, reglament va yo'riqnomalariga muvofiq xarajatlarni o'z zimmasiga olgan holda hisobidan ta'minlash.
4.2.8. Shartnoma predmetida nazarda tutilgan faoliyatdan tashqari BTP manzilida boshqa faoliyatni amalga oshirmaslik majburiyati.
4.2.9. BTP faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni joylashtirish maqsadida o'z veb-saytini ishlab chiqmaslik va undan foydalanmaslik.
4.2.10. Kompaniya tovar belgisi, reklama shiorlari, so'zli logotiplar va boshqa xizmat hamda mahsulot identifikatorlarini o'z nomida yoki Internetdagi domen nomida ishlatmaslik majburiyati, hatto Shartnoma amal qilayotgan paytda ham.
4.2.11. Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar va guruhlar yaratmaslik, shuningdek, Kompaniyaning brend standartlariga rioya qilmasdan Kompaniyaning tovar belgilari, firma nomi, logotiplari va boshqa shaxsiylashtirish vositalaridan foydalanmaslik. Bunda Hamkor alohida yozma roziliksiz quyidagilarga haqli: a) ijtimoiy tarmoqlar va xaritalarda BTP haqidagi haqiqiy ma'lumotlarni, jumladan manzil, ish tartibi, aloqa ma'lumotlari va navigatsiya materiallarini joylashtirish; b) Kompaniya tomonidan kelishilgan aloqa qoidalariga muvofiq mijozlarning fikr-mulohazalari va murojaatlariga javob berish; v) BTP faoliyati uchun bevosita zarur bo'lgan ma'lumotlarni e'lon qilish.
4.2.12. Hamkor, Kompaniya tomonidan tasdiqlangan BTP nomi, manzili va ish rejimi formatiga rioya qilgan holda, BTP manzillarini ommaviy xaritalar, navigatsiya xizmatlari va ma'lumotnomalarda joylashtirish huquqiga ega. Agar Kompaniya joylashtirilayotgan ma'lumotlarni noto'g'ri deb hisoblasa, u Hamkorga yozma e'tirozlar yuboradi va Hamkor ularni 3 (uch) ish kuni ichida bartaraf etishi shart. Alohida oldindan yozma kelishuv faqat Kompaniyaning firma vizual materiallaridan standart joylashuv kartochkasi formatidan tashqarida foydalanish uchun talab etiladi.
4.2.13. Kompaniya tomonidan aniqlangan Shartnoma shartlarining buzilishlarini quyidagi muddatlarda bartaraf etish: a) xavfsizlikka, tovarlarning butligiga, to'lovlarni qabul qilishga yoki BTPning uzluksiz ishlashiga ta'sir ko'rsatadigan jiddiy buzilishlar - xabar berilgan paytdan boshlab 24 soatdan kechiktirmay; b) operatsion standartlarning jiddiy buzilishlari - 5 (besh) ish kunidan kechiktirmay; v) vizual, brend va boshqa muhim bo'lmagan talablarning buzilishi - 10 (o'n) ish kunidan kechiktirmay. Hamkorning asoslantirilgan so'roviga binoan, agar qoidabuzarlik tovarlarning xavfsizligi, saqlanishi va BTPning uzluksiz ishlashiga ta'sir ko'rsatmasa, Kompaniya bartaraf etish muddatini uzaytirish masalasini ko'rib chiqishi shart.
4.2.14. Kompaniya tomonidan taqdim etilgan marketing materiallarini olgan kundan boshlab 3 (uch) kalendar kun ichida joylashtirish.
4.2.15. Marketing materiallarini joylashtirishda Kompaniya tomonidan ularni joylashtirishga qo'yiladigan 1-ilovada ko'rsatilgan talablarga amal qilish. Belgilangan talablarga rioya qilishning ob'ektiv imkoni bo'lmagan taqdirda, Hamkor har bir alohida holatda marketing materiallarini nostandart joylashtirish bo'yicha Kompaniyaning yozma tasdig'ini olishi kerak.
4.2.16. Marketing materiallarining tashqi ko'rinishini kuzatib borish.
4.2.17. Hamkor Kompaniya tomonidan yuborilgan barcha materiallar intellektual mulk ob'ektlari ekanligini tasdiqlaydi va tan oladi; ushbu materiallardan foydalanish tartibini buzish tegishli huquqiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
4.2.18. Kompaniya bilan birgalikda tashqi reklama joylashtirish bo'yicha kelishuv ishlarini amalga oshirish.
4.2.19. Kompaniya so'rovi bo'yicha, so'rov qabul qilinganidan boshlab 24 soat ichida, har qanday aloqa vositalaridan foydalangan holda BTP binosi bo'yicha umumiy suratlarni yuborish.
4.2.20. Kompaniya bilan munosabatlar tugaganda, BTP yopilishi/sotilishi/ko'chirilishi sanasidan boshlab 7 (yetti) kalendar kun ichida Kompaniya marketing materiallarini olib tashlash, ularning uchinchi shaxslar tomonidan ruxsatsiz foydalanilishining oldini olish bo'yicha barcha zarur choralarni ko'rish, va Kompaniya taqdim etgan barcha marketing materiallarini 7 (yetti) kalendar kun ichida qaytarish.
4.2.21. Kompaniya bilan munosabatlar to'xtatilgan taqdirda yoki Kompaniyaning talabiga binoan Kompaniyaga tegishli tovar-moddiy boyliklarni Kompaniyaning tugatish/talabnomasi yuborilgan paytdan boshlab 7 (yetti) kalendar kun ichida tegishli holatda qaytarish. Mazkur talab yozma shaklda ifodalanishi va EHAga yuborilishi lozim.
4.2.22. Kompaniya bilan o'zaro aloqada elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanish.
4.2.23. Binoni Uzum Market BTP faoliyati bo'yicha yo'riqnomaga muvofiqlashtirish va saqlash.
4.2.25. BTPni Kompaniya tomonidan tasdiqlangan, shuningdek Kompaniya akademiyasida majburiy tartibda tegishli ta'lim olgan va https://study.uzum.com/ manzili bo'yicha test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan xodimlar bilan ta'minlash. O'qitish va testdan o'tmagan shaxslarni Xaridorlar bilan mustaqil ishlashga qo'yilmaydi. Ushbu band buzilgan taqdirda, Kompaniya amaldagi tariflarga muvofiq jarima choralarini qo'llash huquqini o'zida saqlab qoladi.
4.2.26. Shartnomaning 2.1.9-bandida ko'rsatilgan BTP ish tartibiga rioya qilish va uni bir tomonlama o'zgartirmaslik.
4.2.27. "Jira Service Management"da tasdiqlangan Ish reglamentiga (Shartnomaning 3-ilovasi) muvofiq har kuni "Jira Service Management"da qoidabuzarliklar mavjudligini tekshirish.
4.2.28. Shartnoma tuzilgan sanadan boshlab 25 (yigirma besh) kalendar kun ichida ushbu Shartnomada belgilangan o'z majburiyatlarini bajarishga kirishish (binoni ijaraga olish, ikkilamchi ijaraga berish, ta'mirlash, xodimlarni yollash va ularni o'qitish). Aks holda, agar ushbu shartnoma bo'yicha hamkor bilan Kompaniya o'rtasida 1 Ariza blankasi tuzilgan bo'lsa, Shartnoma o'z kuchini yo'qotadi/bekor qilinadi/bir tomonlama bekor qilinadi. Agar ushbu shartnoma bo'yicha Kompaniya bilan Hamkorda bittadan ortiq Ariza blankasi mavjud bo'lsa, ushbu band shartlarining buzilishi aniqlangan ariza blankasi bir tomonlama tartibda o'z kuchini yo'qotadi/yo'q qilinadi/bekor qilinadi.
4.2.29. Gaydbuk o'zgartirilganda, Hamkor Kompaniya tomonidan taqdim etilgan texnik topshiriqqa muvofiq yangilanishlarni o'rnatish majburiyatini oladi. Barcha reklama materiallari (laytbokslar, teybl-tentlar, bayroqchalar va boshqalar) hamkor tomonidan tasdiqlangan brend standartlariga muvofiq mustaqil ravishda ishlab chiqariladi va o'rnatiladi.
4.2.30. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, shu jumladan sog'liqni saqlash va sanitariya me'yorlariga rioya qilish, qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash, texnika xavfsizligi, yong'inga qarshi xavfsizlik, tabiatni muhofaza qilish qoidalari va jamoat tartibining umumiy qoidalari, munitsipal tuzilmalar hududlarini obodonlashtirish qoidalari va Kompaniya va Hamkorning binosi va faoliyatiga nisbatan qo'llaniladigan boshqa qoidalar va nizomlarga qat'iy rioya etilishini ta'minlash va javobgar bo'lish, shuningdek, amaldagi qonunchilikni buzganlik uchun mustaqil ravishda ma'muriy va mulkiy javobgarlikni o'z zimmasiga olish.
4.2.31. Buyurtma berish punktida 18+ toifadagi buyurtmalarni berishda Hamkor (Hamkorning xodimi) Xaridordan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (shu jumladan, O'zbekiston Respublikasidagi chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni) va Xaridorning yoshini aniqlash imkonini beruvchi hujjatni so'rab, Xaridorning voyaga yetganligini tekshiradi. Bunda, agar Xaridorning voyaga yetganligiga shubha bo'lsa va Xaridorning shaxsini tasdiqlovchi hamda uning yoshini aniqlash imkonini beruvchi hujjat taqdim etilmagan bo'lsa, Hamkor (Hamkorning xodimi) Xaridorga 18+ toifadagi buyurtmani berishni rad etishi shart.
4.2.32. O'z xodimlarini Kompaniya logotipi tushirilgan bir xil rangdagi qora futbolka/svitshot bilan ta'minlash.
4.2.32.1. Xodimlarga ish haqini o'z vaqtida va to'liq to'lanishini ta'minlash.
4.2.33. Binoni ta'mirlash, mebel sotib olish, shuningdek, gaydbukda ko'rsatilgan BTPning boshqa vizual ko'rinishini amalga oshirishda _______ manzilida joylashgan gaydbukka mos kelishi kerak.
4.2.34. Hamkor tomonidan BTPni tashkil etish uchun ijaraga olingan har bir binoning bir qismini Kompaniyaga ijaraga/ikkilamchi ijaraga berish. Kompaniyaga ijara shartnomasi nusxasini, ijaraga olingan binoning kadastr pasporti raqamini hamda Ekvayring terminallari va kassa apparatlarini BTPning ko'rsatilgan manzili bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish uchun Kompaniya tomonidan so'raladigan barcha zarur hujjatlarni taqdim etish.
4.2.34.1. Ijara/ikkilamchi ijara shartnomasi ijara.soliq.uz saytida 2021-yil 22-sentyabrdagi "Soliq to'lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo'shilgan qiymat solig'ini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 595-son VMQga muvofiq va boshqa vakolatli organlarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-son qaroriga 2-ilovaning 4-bandiga muvofiq ro'yxatdan o'tkazish.
4.2.34.2. Hamkor ushbu Binoning bir qismini keyinchalik Kompaniyaga ikkilamchi ijaraga berish uchun Bino ijaraga beruvchisidan oldindan yozma ruxsat olish majburiyatini oladi.
4.2.34.3. Hamkor tomonidan ijaraga olingan binolarda optimal havo haroratini ta'minlash. Sovuq davrda harorat 22-24°C atrofida, iliq davrda harorat 25-27°C atrofida bo'ladi.
4.2.35. Kompaniyaga tegishli NKM va ekvayring terminallarini o'rnatish.
4.2.36. Bino gaydbukka mos kelmagan taqdirda kosmetik ta'mirlash ishlarini amalga oshirish.
4.2.37. BTP ishga tushirilishidan oldin va faoliyat boshlangandan so'ng Kompaniya xodimlariga BTPning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish jarayonida to'sqinlik qilmaslik.
4.2.38. Hamkor Kompaniya tomonidan belgilangan o'qituvdan o'tmagan va test sinovidan muvaffaqiyatli o'tmagan xodimni Xaridorlar bilan ishlashga qo'yishga haqli emas.
4.2.39. Hamkor ushbu shartnoma doirasida Kompaniya tomonidan foydalaniladigan WMS, JIRA va boshqa xizmatlar kabi Kompaniyaning ichki dasturlariga kirishni uchinchi shaxslarga berishga haqli emas, bundan BTPda ishlashga ruxsat etilgan va Kompaniya tomonidan belgilangan tartibda Kompaniya tizimlarida tegishli tartibda ro'yxatdan o'tgan Hamkor xodimlari mustasno. Har bir hisob qaydnomasi shaxsiylashtirilgan va foydalanuvchi harakatlari identifikatsiyalanuvchi bo'lishi shart.
4.2.40. Hamkor tegishli uskunalar bilan ishlash uchun Kompaniyada xodim sifatida rasmiylashtirilmagan shaxslarni ekvayring terminallari va NKM bilan ishlashga ruxsat berishga haqli emas.
4.2.41. Hamkor Buyurtma tarqatish punktlari, vakolatxonalar, filiallar, ofislar, omborxonalar yoki Uzum Marketdan tashqari boshqa marketpleyslar faoliyati bilan bog'liq boshqa ob'ektlarni ochish yoki joylashtirish uchun Binodan foydalanmaslik, shuningdek, bunday faoliyatni amalga oshirish uchun Binoni uchinchi shaxslarga ijaraga, ikkilamchi ijaraga yoki boshqa foydalanish shartlarida bermaslik majburiyatini oladi.
4.2.42. Hamkor «UZUM MARKET» peshlavhasidagi reklama joyining pasportini 31.08.2023-yildagi «Tashqi reklama va ijtimoiy axborot muomalasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 428-son VMQ va 20.02.2020-yildagi «Tashqi reklama bozorini tartibga solish to'g'risida»gi 104-son VMQga, shuningdek, ushbu masalani tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq majburiyatlarni bajarish paytida amaldagi tahrirda rasmiylashtirish majburiyatini oladi.
4.2.43. Hamkor tashqi reklama sohasini tartibga soluvchi qonunchilikdagi o'zgarishlarni mustaqil ravishda kuzatib borish va o'z majburiyatlarini ijro etish paytida amalda bo'lgan qonunchilik normalariga muvofiq, Kompaniya tomonidan qo'shimcha ogohlantirishi talab qilmasdan bajarish majburiyatini oladi.
4.2.44. Hamkor so'rov olingan paytdan boshlab 72 (yetmish ikki) soat ichida elektron videofaylni kelishilgan elektron pochta manzillariga yuborish orqali, arxivni saqlash muddati 90 (to'qson) kalendar kundan kam bo'lmagan taqdirda, videokuzatuv kameralaridan olingan yozuvlarni (shu jumladan ovozni) Kompaniyaga taqdim etish majburiyatini oladi. Kameralar tungi vaqtda suratga olishni va tasvirni real vaqt rejimida uzatishni ta'minlashi kerak. Kompaniyaning so'roviga ko'ra, Hamkor belgilangan muddatlarda yozuvlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etishi shart. Yozuvlar belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda, Hamkor jo'natmalarning yo'qolishi va (yoki) shikastlanishi uchun to'liq javobgar bo'ladi hamda barcha e'tirozlarni, shu jumladan pul mablag'larini to'lashni o'z hisobidan hal qilishi shart.
4.2.44.1. Hamkor tomonidan shartnomaning 4.2.44-bandi buzilishi munosabati bilan e'tirozlar yuzaga kelganda, Kompaniya Hamkorga yozma xabarnoma yuboradi (shu jumladan elektron pochta orqali). Hamkor 72 (yetmish ikki) soat ichida quyidagilarni taqdim etishi shart:
qabul qilingan qaror bilan rasmiy yozma javob. Qanoatlantirish rad etilgan taqdirda
Da'volar Hamkor quyidagi tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilishi shart: qabul qilish-topshirish dalolatnomalari,
tafovutlar dalolatnomalari, videokuzatuv yozuvlari, voqealarni sharhlash. Asossiz rad etish
javob yo'qligiga tenglashtiriladi. Javob berish muddatlarining buzilishi
da'voni qabul qilish va Hamkorning uni to'liq hajmda qondirish majburiyatini keltirib chiqaradi;
4.2.44.2. Videoyozuvlar sifati quyidagilarni ta'minlashi shart:
- qadoqning tashqi ko'rinishi va yaxlitligini, qadoqlash/nazorat skotchining holatini, tashqi aralashuvlarning yo'qligini aniqlash imkoniyati;
- doimiy, uzluksiz va uzviy yozuvni ta'minlash;
- BTPda buyurtmaning barcha yo'lini (qabul qilingan vaqtdan jo'natish/topshirishgacha) kuzatish imkoniyati;
- buyurtmaning to'liq, soniyalarga bo'lingan yo'lini qayd etish;
- videoyozuv bo'yicha skrinshotlar va grafik belgilarga ega bo'lgan daqiqama-daqiqa yozma xulosaning mavjudligi.
4.2.45. Qaytarilgan buyurtmalarni shakllantirish va saqlash faqat videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan hududda amalga oshiriladi va barcha jarayonlar kuryerga (logistika) topshirilishgacha bo'lgan barcha bosqichlar qayd etilishi shart.
4.2.46. Hamkor saqlangan va belgilangan tartibda bekor qilinmagan tovarni 10 (o'n) kalendar kun ichida (Xaridor tomonidan saqlash muddati uzaytirilmagan buyurtmalar uchun) va 17 (o'n yetti) kalendar kun ichida (Xaridor tomonidan saqlash muddati uzaytirilgan buyurtmalar uchun) tizimli va jismoniy ravishda qaytarish (haydovchiga topshirish) majburiyatini oladi.
4.2.47. Hamkor buyurtmalar bekor qilinganidan keyin 48 (qirq sakkiz) soat ichida ularni qaytarishni shakllantirish va 24 soat ichida haydovchiga qaytarishni yetkazib berish majburiyatini oladi.
4.2.47.1 Qaytarishlarni shakllantirish va jo'natish jarayonida qaytarish uchun rasmiylashtirilgan buyurtmalar tizimli ravishda joylashtirilgan qutilarda jismonan bo'lishi shart.
4.2.48. Hamkor Buyurtmalar/Tovarlarni qabul qilishda, shu jumladan Topshiruvchi shaxslardan qabul qilishda, Xaridorga berishda, Tashuvchiga topshirishda, Kompaniyaga qaytarib topshirishda barcha Buyurtmalar/Tovarlarni skanerlash majburiyatini oladi. Olingan/berilgan/topshirilgan Buyurtmalar/Tovarlar soni Kompaniya tizimi tomonidan qayd etiladi.
4.2.48.1 Mijozdan mahsulot qaytarilganda yoki nosozlik/yetishmovchilik sababli buyurtma bekor qilinganda, qaytarish/bekor qilish sababini tizimda qayd etish majburiydir
4.2.48.2. Topshiruvchi shaxslardan Buyurtmalar/Tovarlarni qabul qilishda Hamkor quyidagilarga majbur:
a) faqat Kompaniyaning WMS tizimida ushbu BTPga mo'ljallangan deb belgilangan Buyurtmalar/Tovarlarni qabul qilish;
b) nomuvofiqliklar mavjud bo'lganda, ularni zudlik bilan Kompaniya tizimida qayd etish va Kompaniyani xabardor qilish;
v) Kompaniyaning WMS tizimida ko'rsatilmagan Buyurtmalar/Tovarlarni qabul qilmaslik.
4.2.48.3. Agar Kompaniya yo'riqnomalarida boshqacha tartib bevosita nazarda tutilmagan bo'lsa, Hamkor o'ramni ochmasdan Buyurtmalar/Tovarlarni qabul qiladi va qabul qilinadigan Buyurtmalar/Tovarlar tarkibining iste'mol xususiyatlarini, yashirin kamchiliklarini, ichki jihozlanganligini va boshqa xarakteristikalarini tekshirmaydi.
4.2.49. Hamkor naqd pul mablag'larini inkassatsiya jadvali bo'yicha topshirishni ta'minlashi shart. Inkassatsiya jadvali quyidagi manzilda joylashgan:
4.2.50. Xaridorlar tomonidan tovarlar (buyurtmalar) qaytarilganda, Hamkor qadoq ichidagi tovarlarning mavjudligini, shuningdek ularning holatini tekshirishi shart: butunligini, yaxlitligini, foydalanish izlarini (yangi tovarlarda foydalanish izlari bo'lmasligi kerak), shuningdek qaytarilayotgan tovarning buyurtma qilingan tovarga muvofiqligini tekshirish majburiyatini oladi.
4.2.51. Buyurtmalar va tovarlar qayta ishlanishi (qabul qilinishi, saqlanishi, berilishi,qaytarib olish uchun qadoqlanadi) videokuzatuv ostida bo'lgan tasdiqlangan hududlarda tizimli va jismonan amalga oshiriladi. Tovarlar va buyurtmalarni BTP binosidan videokuzatuv doirasidan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi. Hamkor ushbu buyurtmalar va tovarlarning yo'qolishi va (yoki) shikastlanishi uchun to'liq javobgar bo'ladi hamda barcha e'tirozlarni, shu jumladan pul mablag'larini to'lashni o'z hisobidan hal qilishi shart.
4.2.52. Kompaniyaning tashabbusi yoki kelishuviga ko'ra, BTP hududida bankomatlar, o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish terminallari va uchinchi shaxslarga tegishli boshqa uskunalarni o'rnatishga e'tiroz bildirmaslik, shuningdek, Binoning xavfsizlik va texnik imkoniyatlariga rioya qilish sharti bilan ularni o'rnatish, ulash, ishlatish va xizmat ko'rsatishga to'sqinlik qilmaslik.
4.2.53. 4.2.52-bandda ko'rsatilgan uskunalarni joylashtirish hamkor va uskuna egasi o'rtasida alohida ijara va/yoki ikkilamchi ijara shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Hamkor Kompaniyaning yozma so'roviga ko'ra tegishli shartnoma tuzish majburiyatini oladi.
4.2.54. Har bir BTP ochilganda, Gaydbuk va Kompaniyaning texnik talablarini inobatga olgan holda, tovarlarni qabul qilish, qayta ishlash va qaytarish uchun alohida zona loyihalash va tashkil etishni ta'minlashi shart, bino videokuzatuv tizimi bilan to'liq qamrab olingan bo'lishi lozim. Videokuzatuv kameralarining joylashuvi va tovarlarni qabul qilish/qaytarish zonalarining sxemasi BTP faoliyati boshlanishidan oldin Kompaniya bilan kelishilgan bo'lishi zarur.
4.2.55. Hamkor Shartnomani bajarish jarayonida BTPga qabul qilingan pul mablag'larining, shuningdek BTPga topshirilgan va u yerda saqlanayotgan tovarlarning butligi uchun to'liq moddiy javobgarlikni zimmasiga oladi.
Pul mablag'lari, tovarlar (buyurtmalar) yo'qolgan, o'g'irlangan, yetishmasa yoki boshqa ruxsat etilmagan operatsiyalar sodir etilgan taqdirda, Hamkor o'g'irlash yoki yo'qotish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan paytdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida Kompaniyaga yo'qolgan tovarlar va pul mablag'larining to'liq miqdorini qoplash majburiyatini oladi.
4.2.56. Shartnoma shartlariga muvofiq Kompaniya bilan kelishilmagan har qanday marketing materiallarini, shu jumladan Internet tarmog'ida yoki boshqa har qanday formatda joylashtirmasligi shart.
4.2.57. Nomaqbul ko'rinishga ega bo'lgan shikastlangan marketing materiallaridan foydalanmasligi shart (sinishlar, ezilishlar, shikastlar).
4.2.58. Hamkor marketing materiallarini jamoat joylarida, bunday joylar uchun mo'ljallanmagan yoki O'zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzadigan tarzda joylashtirmasligi shart, xususan: yo'l belgilari, yoritish ustunlari, o'rmonzorlar, turar joy binolarining kirish joylari (faqat rasmiy reklama joylaridan tashqari), panjaralar, moshinalar va boshqa joylar.
4.2.59. Hamkor joylashtirilgan marketing materiallari ustiga boshqa ma'lumotlar, jumladan boshqa kompaniyalarning logotiplari yopishtirmasligi shart.
4.2.60. Kompaniya bilan oldindan yozma kelishuvsiz Uzum Market nomidan yoki Uzum Market brendidan foydalangan holda BTP hududida, ijtimoiy tarmoqlarda, messenjerlarda yoki har qanday ommaviy kanallarda o'yinlar, aksiyalar, tanlovlar, lotereyalar, bonus dasturlari va boshqa rag'batlantiruvchi tadbirlarni o'tkazmaslik, tashkil etmaslik yoki e'lon qilmaslik.
4.2.61. Jo'natmalarni Xaridorlarga BTP ish soatlarida Jo'natma uchun belgilangan saqlash muddati davomida (qabul qilish kunini hisobga olgan holda sakkiz to'liq kalendar kun) tarqatish. Xaridorning talablariga qaramay, Buyurtma Ijrochida 15 kalendar kundan ortiq saqlanmasligi shart, shundan 8 kun - xarid uchun kutish muddati, va qo'shimcha 7 kun - saqlash muddati tugagandan keyin Buyurtmalarni qaytarish uchun tayyorlashning maksimal muddati.
4.2.62. To’lov xizmatlarini ko’rsatishda Maxsus shartlarga, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga, shuningdek Shartnomada nazarda tutilgan rasmiy kanallar orqali Hamkorga yetkazilgan Bank va Kompaniyaning majburiy ko’rsatmalariga rioya qilish.
4.2.63. To’lov xizmatlarini faqat Faollashtirilgan BTPlarda va faqat Hamkor bilan mehnat munosabatlarida bo’lgan, o’qitish va sinovdan o’tgan, ruxsat berilgan xodimlar ro’yxatiga kiritilgan hamda shaxsiy hisob yozuvlaridan foydalanadigan xodimlari kuchi bilan ko’rsatish.
4.2.64. Bank kartalarini topshirish bilan bog’liq xizmatlar bo’yicha uchinchi shaxslarni, subsubagentlarni, o’zini o’zi band qilgan shaxslarni, fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo’yicha ishlovchilarni va ruxsat berilgan xodimlar ro’yxatiga kiritilmagan boshqa shaxslarni to’lov xizmatlarini ko’rsatishga jalb qilmaslik.
4.2.65. Bank kartalari, Konvertlar, hujjatlar, jihozlar, hisob yozuvlari, Bank mijozlarining shaxsiy ma’lumotlari hamda bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlash.
4.2.66. Bank tomonidan to’g’ridan-to’g’ri boshqacha tartib belgilanmagan va Mijoz uchun majburiy axborotda aks ettirilmagan bo’lsa, Bank kartasini topshirganlik uchun Bank mijozlaridan haq, komissiya, mukofot, sovg’a yoki boshqa har qanday o’zaro taqdim etishni qabul qilmaslik.
4.2.67. Bank kartasining PIN-kodini, bank ilovasi parollarini, hisob raqamining to’liq rekvizitlarini va Bank jarayonida nazarda tutilmagan boshqa ma’lumotlarni so’ramaslik, olmaslik va qayd etmaslik.
4.2.68. Kompaniya va Bankka Hamkorning to’lov subagenti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatini ta’minlash, jumladan BTP, hujjatlar, jurnallar, videoyozuvlar, axborot tizimlari va ruxsat berilgan xodimlarning harakatlarini tekshirish imkoniyatini berish.
4.2.69. Bank yoki Kompaniyaning talabiga binoan, shuningdek Bank kartalarining, shaxsiy ma’lumotlarning, bank sirining saqlanishiga tahdid, firibgarlik alomatlari yoki majburiy tekshiruvlarni bajarishning texnik imkonsizligi aniqlangan taqdirda Bank kartalarini topshirishni darhol to’xtatish.
4.2.70. Faollashtirilgan BTPda Bank, Kompaniya, Hamkor, to’lov xizmati ko’rsatiladigan joy, Bankning litsenziyasi va xizmat haqi miqdori to’g’risidagi majburiy axborotni qonunchilikda va Maxsus shartlarda belgilangan hajmda joylashtirish.
4.2.71. Hamkor, Faollashtirilgan BTP va ruxsat berilgan xodimlar to’g’risidagi ma’lumotlarning o’zgarishi, shuningdek Bank kartasining yo’qolishi, shikastlanishi yoki noto’g’ri topshirilishi, firibgarlikka shubha, Bank mijozlarining shikoyatlari, davlat organlarining so’rovlari va axborot xavfsizligi hodisalari to’g’risida Kompaniyani darhol xabardor qilish.
4.3. Hamkor quyidagilarga huquqlarga ega:
4.3.1. Ko'rsatilgan xizmatlar uchun Shartnoma tartibida va shartlarida haq olish.
4.3.2. Shartnomaning bajarilishi maqsadida, Kompaniya bilan oldindan kelishilgan holda, uchinchi shaxs bilan xizmat ko'rsatish shartnomasini tuzadi va uchinchi shaxsning harakatlari uchun Kompaniya oldida to'liq javobgarlikni o'z zimmasiga oladi.
4.3.3. Kompaniyaning yozma roziligi bilan shartnoma bo'yicha huquq va majburiyatlarni to'liq hajmda uchinchi shaxsga o'tkazish.
4.4. Kompaniya quyidagi huquqlarga ega:
4.4.1. Hamkordan xizmatlarning bajarilishi to'g'risidagi barcha ma'lumotlarni olish.
4.4.2. Ushbu Shartnomada belgilangan standartlarga rioya etilishini nazorat qilish.
4.4.3. Binoning holatini Kompaniyaning belgilangan mezonlariga va Uzum Market BTP faoliyati bo'yicha qo'llanma talablariga muvofiqligini o'z xohishiga ko'ra istalgan vaqtda tekshirish.
4.4.4. Hamkor tomonidan ushbu Shartnomani bajarish uchun zarur bo'lgan tovar-moddiy boyliklarni topshirish.
4.4.5. BTPni saqlash va ishlarni belgilangan muddatlarda olib borish bo'yicha qoidabuzarliklarni bartaraf etishni talab qilish.
4.4.6. Hamkorning mukofot summasini Shartnoma shartlarini buzganlik uchun jarimalar summasiga va (yoki) Hamkor tomonidan to’lanmagan hisob-fakturalar summasiga, jumladan ushbu Shartnomaning 6-sonli ilovada belgilangan jarimalar summasiga kamaytirish. Agar hisoblangan jarimalar va Kompaniyaning boshqa pul talablari summasi tegishli hisobot davri uchun Hamkorga to’lanishi lozim bo’lgan mukofot summasidan oshib ketsa, qarzning qoplanmagan qismi Hamkorning debitorlik qarzi sifatida hisobga olinadi va Shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, qarzni o’tkazish faktining o’zi uchun qo’shimcha sanksiyalar hisoblanmasdan, u to’liq qoplanguncha keyingi hisobot davrlari uchun mukofot summalari hisobidan zachyot qilinadi.
4.4.7. Hamkor bilan xavfsizlik talablari, amaldagi qonunchilik va Xonaning texnik xususiyatlarini hisobga olgan holda joylashtirish joyini kelishgan holda, BTP hududida bankomatlar, bankomatlar uchun uskunalar va boshqa bank uskunalarini o'rnatish tashabbusi bilan chiqish.
4.4.8. Ham o'z kuchi bilan, ham jalb qilingan mutaxassislar orqali BTPdagi tovar-moddiy boyliklar, pul mablag'lari, asbob-uskunalarni inventarizatsiyasini amalga oshirish.
5. XIZMATLARNI BAJARISH MUDDATLARI
5.1. Shartnoma bo'yicha xizmatlar Shartnoma akseptlangan paytdan boshlab va uning amal qilish muddati tugagunga qadar hamkor tomonidan ko'rsatiladi.
5.2. To’lov xizmatlari Kompaniyaning tegishli BTPni faollashtirish to’g’risidagi xabarnomasida ko’rsatilgan sanadan boshlab hamda shu BTPni deaktivatsiya qilish, Hamkorning to’lov subagenti sifatidagi vakolatlarini to’xtatib turish yoki tugatish sanasigacha ko’rsatiladi.
6. XIZMATLARNI TOPSHIRISH-QABUL QILISH
6.1. Ushbu Shartnomaning bajarilishi maqsadida hisoblash davri - kalendar oy hisoblanadi.
6.2. Xizmat ko'rsatishning har bir oyi tugagandan so'ng, 1 (bir) ish kuni ichida, Hisobot davrida Hamkorning BTP faoliyatini yuritish xarajatlari Kompaniya bilan kelishilgandan so'ng, Hamkor Kompaniyaga Hisobot davri uchun Hamkor tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar hajmi va mukofot summasi to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan EHA tizimi bo'yicha Hisobotni (keyin - Hisobot) hamda Hisobotga majburiy ilovalarni yuboradi.
6.3. Kompaniya Hisobotni olgan kundan boshlab 7 (yetti) kalendar kun ichida ko'rib chiqishi va agar asosli e'tirozlar mavjud bo'lmasa, mazkur Hisobotni imzolashi shart. Aks holda, ushbu bandda ko'rsatilgan muddat ichida Hamkorga yozma asosli e'tirozlarni yuborishi lozim.
6.4. Agar Kompaniya 6.3-bandda belgilangan muddat ichida Hamkorga yozma asosli e'tiroz yubormasa, Hamkorning Xizmatlari to'g'ri bajarilgan deb hisoblanadi va Kompaniya tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
6.5. Hisobot tomonlar tomonidan imzolanganidan so'ng, Hamkor 1 (bir) kalendar kun ichida hisob-faktura/amalga oshirilgan ishlar aktini taqdim etadi.
6.6. Kompaniya taqdim etilgan hisobvaraq-fakturani hisobot oyidan keyingi oyning 10-kuniga qadar imzolashi shart.
6.7. Hamkor tomonidan ushbu Shartnomaning 6.5-bandida belgilangan muddat buzilgan taqdirda, tegishli hisobot davri uchun haq to'lash tegishli hisob-faktura taqdim etilgunga qadar kechiktiriladi. Hisob-faktura tegishli ravishda taqdim etilgandan so'ng, to'lov ushbu Shartnomaning 7-bo'limida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6.8. Agar ushbu Shartnomaning 6.7-bandida ko'rsatilgan kechikish mavjud bo'lsa, Hamkor keyingi kalendar oyda Didox tizimi orqali quyidagilarni yuborishi shart:
kechiktirilgan hisoblash davri uchun hisob-faktura;
joriy hisoblash davri uchun hisob-faktura, 5-kalendar kundan kechiktirmay rasmiylashtirilgan va yuborilgan bo'lishi kerak.
6.9. Agar ushbu Shartnomaning 6.5-bandida nazarda tutilgan hisobvaraq-fakturani yuborish muddatining oxirgi kuni dam olish, bayram yoki boshqa ishlanmaydigan kunga to'g'ri kelsa, muddat keyingi eng yaqin ish kuniga ko'chiriladi.
6.10. To’lov xizmatlarini hisobga olish, tasdiqlash va qabul qilish Maxsus shartlarda nazarda tutilgan tartibda alohida amalga oshiriladi. Operatsiyalar sonini va holatini aniqlashda Kompaniya va Bankning axborot tizimlari ma’lumotlari ustuvor hisoblanadi.
7. MUKOFOT VA HISOB-KITOB TARTIBI
7.1. Shartnoma bo'yicha to'lov usuli: Kompaniya tomonidan Hamkorning hisob raqamiga O'zbekiston Respublikasi valyutasida (o'zbek so'mi) mablag' o'tkazish. Shu bilan birga, Shartnoma bo'yicha Kompaniyaning to'lov majburiyati Kompaniya banki tomonidan mablag' Kompaniya hisob raqamidan yechib olingan paytda bajarilgan hisoblanadi.
7.2. Hamkorning agentlik mukofotini hisoblash uchun ma'lumotlar har oy Kompaniya tomonidan Uzum Market ma'lumotlar bazasidan chiqarib beriladi.
7.3. Hamkorning mukofot miqdori va hisob-kitob tartibi ushbu Shartnomaning 2-ilovasida keltirilgan.
7.4. 2-ilovada ko'rsatilgan mukofot summalari QQSsiz keltirilgan. Hisobotlar va boshqa yakunlovchi hujjatlar taqdim etilganda, shuningdek, to'lovlarni amalga oshirish vaqtida, mukofot summasi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli qo'shilgan qiymat solig'i (QQS) miqdorida oshiriladi.
7.4.1. Hamkorning mukofot miqdori, tarkibi, hisoblash, hujjatlashtirish va to’lash tartibi, jumladan BTPni tashkil etish va ekspluatatsiya qilish bo’yicha majburiyatlarni bajarganlik uchun mukofot hamda Bank kartalarini topshirganlik uchun subagentlik mukofoti ushbu Shartnomaning 2-sonli ilovada belgilanadi.
7.5. Agar Hamkor tomonidan ushbu Shartnoma doirasida taqdim etilgan elektron hisobvaraq-faktura (EHF) taqdim etilgan paytda O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 266-1-moddasiga muvofiq soliq xavfi yuqori bo'lgan hisobvaraq-fakturalar reyestriga kiritilgan bo'lsa, Kompaniya soliq agenti sifatida harakat qilishga va bunday EHFda ko'rsatilgan QQS summasini Hamkorga to'lanishi lozim bo'lgan mablag'lar hisobidan bir tomonlama tartibda bevosita O'zbekiston Respublikasi budjetiga to'lashga haqli.
7.6. Kompaniya tomonidan ushbu bo'limning 7.5-bandida nazarda tutilgan tartibda budjetga to'langan QQS summasi ushbu Shartnoma bo'yicha mukofot hisobiga hisobga olinadi. Bunday EHFlar bo'yicha Taraflar o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar ushlab qolingan va to'langan QQS summasi chegirilgan holda amalga oshiriladi. Kompaniya Hamkorga mukofotni QQSni hisobga olmagan holda to'laydi.
7.7. Hamkor Kompaniyaning to'lov topshiriqnomasi nusxasini so'rashga haqli, unda to'lov maqsadi tafsilotlarida tegishli EHF identifikatori va Hamkorning soliq to'lovchining identifikatsiya raqami (STIR) ko'rsatilgan bo'ladi.
7.8. Ushbu Shartnoma bo'yicha mukofot qaytarilgan taqdirda (shu jumladan qonunchilikda yoki Shartnomada nazarda tutilgan sabablarga ko'ra), Taraflar o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar QQSni o'z ichiga olgan to'liq summa hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Agar Kompaniya ilgari Hamkorga mukofotni QQSsiz to'lagan bo'lsa (masalan, 100 birlik), QQSni esa (masalan, 12 birlik) budjetga to'lagan bo'lsa, mukofot summasi qaytarilganda (masalan, 112 birlik) Hamkor Kompaniya oldida butun ko'rsatilgan summa (112 birlik) bo'yicha qarzdor bo'ladi.
7.9. Taraflar Kompaniya tomonidan ushbu bo'limga muvofiq QQSning budjetga to'lanishi Shartnomaning boshqa shartlari o'zgarishiga olib kelmasligiga va majburiyatlarni bajarishdan bosh tortish uchun asos bo'lmasligiga kelishadilar.
8. MAXFIYLIK
8.1. Hamkor Shartnomaning amal qilish muddati davomida, shuningdek Shartnoma bekor qilinganidan keyingi 5 (besh) yil davomida, Shartnoma shartlariga muvofiq Hamkorga taqdim etilgan barcha hujjatlar bo'yicha maxfiylikni saqlashi shart.
8.2. Hamkor taqdim etilgan ma'lumotlarga nisbatan tijorat siri rejimini o'rnatishi va ushbu ma'lumotlarning maxfiyligini himoya qilish choralarini ko'rishi shart.
8.3. Maxfiy ma'lumot faqat Shartnomani to'g'ri bajarish maqsadida unga ehtiyoji bo'lgan Hamkorning xodimlari va shartnoma tomonlariga oshkor qilinishi mumkin. Shu bilan birga, Hamkor ushbu shaxslar bilan maxfiy ma'lumotni oshkor qilmaslik to'g'risida alohida kelishuvlar tuzib, ularga maxfiylik majburiyatini yuklashi shart.
8.4. Hamkor Kompaniyaning oldindan roziligisiz Maxfiy ma'lumotni nusxalash, ko'paytirish, yozib olish yoki boshqa har qanday tarzda tiklash huquqiga ega emas.
8.5. Hamkor Shartnoma bo'yicha Kompaniyadan olingan Maxfiy ma'lumotni himoya qilish bo'yicha quyidagi choralarni ko'rishi shart:
8.5.1. Kompaniya tomonidan ushbu Shartnoma bo'yicha hamkorga og'zaki shaklda ham, qog'oz va elektron manbalarda ham taqdim etiladigan barcha Maxfiy ma'lumotlarning maxfiyligiga rioya qilish.
8.5.2. Kompaniyaning roziligisiz har qanday shaxsning Maxfiy ma'lumotlarga kirishini taqiqlash. Maxfiy axborotdan foydalana olgan shaxslarni va/yoki ushbu ma'lumotni olgan shaxslar hisobini yuritishi, shuningdek, ushbu shaxslarga ko'rsatilgan axborotning maxfiyligini va Nou-xau ni tashkil etuvchi ma'lumotlarga nisbatan tijorat siri rejimini saqlash bo'yicha majburiyatlar yuklanishini ta'minlash. Bunda faqat Shartnomani lozim darajada bajarish maqsadida Maxfiy axborotni olish zarur bo'lgan shaxslar Maxfiy axborotdan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ushbu bandni buzganlik uchun Kompaniya jarima sanksiyalari bo'yicha amaldagi tarif setkasiga muvofiq jarima sanksiyalarini qo'llashga huquqiga ega.
8.6. Bank mijozlarining shaxsiy ma’lumotlari, bank siri va axborot xavfsizligi qismida maxsus talablar qo’llaniladi. Bunday majburiyatlar to’lov subagenti vakolatlari tugatilgandan keyin ham O’zR qonunchiligida belgilangan muddat davomida saqlanadi.
9. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
9.1. Tomonlar ushbu Shartnoma va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmaganliklari yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun javobgar bo'ladilar.
9.2. Kompaniyaning javobgarligi:
9.2.1. Agar Kompaniya ko'rsatilgan xizmatlar qiymatini o'z vaqtida to'lamasa, Hamkorning talabiga binoan Kompaniya kechiktirilgan summa bo'yicha har bir kechikkan kun uchun kunlik 0,01% jarima to'laydi, biroq tegishli davr uchun xizmatlar qiymatining 10 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda penya to'laydi.
9.3. Hamkorning javobgarligi:
9.3.1. Jarimalar turlari
Hamkor tomonidan Shartnomaning 4.2-bo’limi shartlari buzilgani uchun jarimalar quyidagi turlarga bo’linadi:
A turi — Tuzatishsiz jarima. Oqibatlari bir zumda yuzaga keladigan qoidabuzarliklarga nisbatan qo’llaniladi. Jarima qoidabuzarlik qayd etilgan faktga ko’ra, bartaraf etish uchun muddat berilmasdan hisoblanadi.
B turi — Potensial jarima. Bartaraf etish muddati tugaguniga qadar Kompaniya uchun bevosita xavf tug’dirmaydigan, bartaraf etilishi mumkin bo’lgan qoidabuzarliklarga nisbatan qo’llaniladi. B turidagi qoidabuzarliklar bo’yicha jarima quyidagi tartibda hisoblanadi:
a) qoidabuzarlik aniqlanganda Kompaniya Hamkorga qoidabuzarlik tavsifi va tegishli band uchun 6-ilovada belgilangan bartaraf etish muddati ko’rsatilgan xabarnoma yuboradi;
b) agar Hamkor qoidabuzarlikni ko’rsatilgan muddatda bartaraf etsa — jarima hisoblanmaydi;
v) agar qoidabuzarlik muddatida bartaraf etilmasa, bartaraf etish muddati tugagach, Kompaniya Hamkorga tegishli band uchun 6-ilovada belgilangan miqdorda jarima hisoblaydi;
g) agar tegishli band uchun 6-ilovada qoidabuzarlik davom etgan har bir kun uchun kunlik jarima (penya) belgilangan bo’lsa, jarima hisoblangan kundan keyingi kundan boshlab qoidabuzarlik bartaraf etilgunga yoki 6-ilovaning «Bir martalik jarima summasi bo’yicha limit» ustunida ko’rsatilgan yuqori limitga yetgunga qadar (ushbu limitga bitta hodisa bo’yicha jarimaning o’zi va unga hisoblangan barcha kunlik jarimalar kiradi) qo’shimcha ravishda shunday kunlik jarima hisoblanadi. Agar band uchun 6-ilovada davom etayotgan qoidabuzarlik uchun kunlik jarima belgilanmagan bo’lsa, jarima bir martalik hisoblanadi va keyinchalik oshirilmaydi.
C turi — Tuzatish bilan jarima. Sodir etilgan paytning o’zida Kompaniya uchun xavf tug’diradigan, biroq oqibatlari yoki sabablarini bartaraf etishga imkon beradigan qoidabuzarliklarga nisbatan qo’llaniladi. C turidagi qoidabuzarliklar bo’yicha jarima quyidagi tartibda hisoblanadi:
a) qoidabuzarlik qayd etilgan paytda Kompaniya Hamkorga tegishli band uchun 6-ilovada belgilangan bazaviy miqdorda jarima hisoblaydi;
b) shu bilan bir vaqtda Hamkorga tegishli band uchun 6-ilovada belgilangan qoidabuzarlikni bartaraf etish muddati beriladi;
v) agar shu muddat tugagach qoidabuzarlik bartaraf etilmagan bo’lsa, bartaraf etish muddati tugagan kundan keyingi kundan boshlab, qoidabuzarlik bartaraf etilgunga yoki 6-ilovaning «Bir martalik jarima summasi bo’yicha limit» ustunida ko’rsatilgan yuqori limitga yetgunga qadar (ushbu limitga bazaviy jarima va unga hisoblangan barcha kunlik jarimalar kiradi) tegishli band uchun 6-ilovada belgilangan miqdorda qo’shimcha ravishda har bir davom etgan kun uchun kunlik jarima hisoblanadi.
9.3.2. Og’irlik toifalari
Jarima miqdorini aniqlash maqsadida 4.2-bo’lim shartlarining buzilishi quyidagi toifalarga bo’linadi:
Jiddiy qoidabuzarliklar — Tovar, pul mablag’lari, shaxsiy ma’lumotlarning yo’qolishi xavfini tug’diradigan, qonunchilik talablarini buzadigan, BTPning qonuniy faoliyat yuritishini imkonsiz qiladigan yoki Kompaniyaning ishchanlik obro’siga jiddiy zarar yetkazadigan qoidabuzarliklar.
Muhim operatsion qoidabuzarliklar — BTPning uzluksiz ishlashiga, xizmat sifatiga, operatsion standartlarga rioya etilishiga va jarayonlarning boshqarilishiga ta’sir ko’rsatadigan, ammo mustaqil jiddiy xavf tug’dirmaydigan qoidabuzarliklar.
Ma’muriy va hujjatli qoidabuzarliklar — o’z vaqtida javob bermaslik, ma’lumot taqdim etish, hujjatlar aylanishi, xabardor qilish va vazifalar ijrosini nazorat qilish bilan bog’liq, o’z-o’zidan bevosita zarar keltirmaydigan, biroq Tomonlarning normal hamkorligiga to’sqinlik qiladigan qoidabuzarliklar.
Vizual, marketing va boshqa muhim bo’lmagan qoidabuzarliklar — BTPning rasmiylashtirilishi, firma uslubi, materiallarni joylashtirish, xodimlarning tashqi ko’rinishi, kosmetik holati va BTPning qonuniy ishlashiga, Tovar, pul mablag’lari yoki shaxsiy ma’lumotlarning saqlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatmaydigan boshqa talablar bilan bog’liq qoidabuzarliklar.
4.2-bo’limning muayyan bandini og’irlik toifasiga, jarima turiga, miqdoriga va bartaraf etish muddatiga kiritish Shartnomaning ajralmas qismi bo’lgan 6-ilova «Qoidabuzarliklar tarifikatori»da belgilangan.
9.3.3. Tariflarni o’zgartirish tartibi
Kompaniya 6-ilovada belgilangan qoidabuzarliklar tarkibini, jarima miqdorlarini va bartaraf etish muddatlarini Shartnomaning 10.2.1-bandida nazarda tutilgan tartibda bir tomonlama o’zgartirish huquqiga ega.
9.3.4. Umumiy protsessual qoidalar
9.3.4.1. Jarima hisoblash uchun asos foto- va (yoki) videoqayd, Kompaniyaning axborot tizimlari ma’lumotlari yoki boshqa hujjatlar bilan tasdiqlangan dalillar hisoblanadi, bundan Shartnomaning 4.2.7-bandi buzilishi mustasno — uning qayd etilish tartibi Shartnomaga 1-ilovada belgilangan.
9.3.4.2. Qoidabuzarlik va (yoki) jarima hisoblanganligi to’g’risidagi xabarnoma Hamkorga rasmiy aloqa kanali orqali yuboriladi va quyidagilarni o’z ichiga oladi: buzilgan Shartnoma bandiga havola; qoidabuzarlik tavsifi; aniqlangan sana va vaqt; jarima turi va, agar qo’llanilsa, bartaraf etish muddati; jarima miqdori yoki uni hisoblash tartibi.
9.3.4.3. Hamkor xabarnomani olgan paytdan boshlab 72 soat ichida Kompaniyaga qoidabuzarlik yo’qligini, sabab-oqibat bog’liqligi yo’qligini, sanksiyaning nomutanosibligini yoki jarima hisoblanishining asossizligini tasdiqlovchi hujjatlar va (yoki) materiallar bilan asoslangan yozma e’tirozlarni yuborishga haqli. Kompaniya e’tirozlarni 10 ish kuni ichida ko’rib chiqishi va natijalariga ko’ra jarimani o’zgarishsiz qoldirishi, kamaytirishi yoxud bekor qilishi shart. Kompaniyaning qarori Hamkorga rasmiy aloqa kanali orqali yuboriladi va Tomonlar uchun majburiydir.
9.3.4.4. Agar bir xil hodisa bir vaqtning o’zida javobgarlikning bir nechta asosiga to’g’ri kelsa, 6-ilovada belgilangan eng katta miqdordagi bir chora qo’llaniladi, bundan Kompaniya tegishli jarima bilan qoplanmagan qo’shimcha, alohida yuzaga kelgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan zararlar mavjudligini isbotlagan hollar mustasno.
9.3.4.5. Xuddi shunday qoidabuzarlikning 12 oy ichida takroran sodir etilishi tegishli band uchun 6-ilovada ko’rsatilgan miqdorda jarimaning oshirilishiga olib keladi.
9.3.4.6. 6-ilovada oylik chegara belgilangan qoidabuzarliklar bo’yicha jarimalarning jami miqdori bitta BTP bo’yicha kalendar oyi uchun shunday chegaradan oshmasligi kerak.
9.3.4.7. Hamkor tomonidan 12 oy ichida ushbu bo’limda belgilangan tartibda tasdiqlangan «jiddiy» yoki «muhim operatsion» toifasiga kiruvchi uchta va undan ortiq qoidabuzarlik sodir etilgan taqdirda, Kompaniya Shartnomani 10.3.1.3-band asosida bekor qilish huquqiga ega.
9.3.4.8. Kompaniya ushbu Shartnomaning 9.3.10-bandida belgilangan tartib va shartlarda BTPni Deaktivatsiya qilishni qo’llash huquqiga ega.
9.3.5. Maxsus tartib — xodimning 0,1 stavkadagi ish haqi
Agar Hamkor bir vaqtning o’zida Kompaniyada 0,1 stavka asosida rasmiylashtirilgan xodimga ish haqi to’lash bo’yicha majburiyatlarini buzsa, Kompaniya Hamkorga yozma xabarnoma yuborganidan so’ng 3 (uch) ish kuni ichida ish haqi to’langanligini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki asoslantirilgan e’tirozlarni taqdim etishni talab qilishga haqli. Ish haqi to’langanligini tasdiqlovchi hujjat yoki asoslantirilgan e’tiroz taqdim etilmagan taqdirda, Kompaniya Hamkorga to’lanishi lozim bo’lgan mukofot summasidan to’lanmagan ish haqining nizosiz summasini ushlab qolishga hamda uni tegishli xodimga qo’shimcha to’lov sifatida to’lashga, so’ngra Hamkorga tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishga haqli.
9.3.6. Tovar va pul mablag’larining saqlanishi uchun moddiy javobgarlik
Hamkor Tovarni Xaridorga topshirilgunga qadar hamda Xaridordan qaytarish sifatida qabul qilingan tovarni Kompaniyaga topshirilgunga qadar saqlanishi uchun, jumladan Shartnomaning 4.2.51-bandida nazarda tutilgan Tovarlarni videokuzatuv zonalarida qayta ishlash talablari buzilgan taqdirda ham, javobgar hisoblanadi. Hamkor bunday Tovarning qiymatini Sotuvchining shaxsiy kabinetidagi narxga muvofiq to’liq hajmda Kompaniyaga qoplab berish majburiyatini oladi. E’tirozni ko’rib chiqishda videoyozuv sifati Shartnomaning 4.2.44.2-bandi talablariga javob bermasa, xuddi shunday javobgarlik qo’llaniladi.
9.3.7. Davlat organlari da’volari bo’yicha javobgarlik
Xizmatlarning lozim darajada ko’rsatilmasligi O’zbekiston Respublikasi davlat organlari tomonidan da’vo yoki jarima sanksiyalariga sabab bo’lgan taqdirda, Hamkor Kompaniyaga barcha zararlarni qoplab berish majburiyatini oladi.
9.3.8. Sanksiyalar
9.3.8.1. Tomonlar ushbu Shartnomani bajarish bilan bog’liq Tomonlarga yoki ularning munosabatlariga nisbatan sanksiyalar qo’llanilishi mumkinligini tan oladilar.
9.3.8.2. Hamkor o’zi, uning ishtirokchilari, benefitsiarlari, affillangan shaxslari va h.k. sanksiyaga tortilgan shaxslar emasligini; sanksiyaga tortilgan shaxslar bilan bitim tuzmasligini va sanksiyalarni chetlab o’tish uchun shartnomalar tuzmasligini kafolatlaydi.
9.3.8.3. Agar: a) Hamkorning 9.3.8.2-bandda ko’rsatilgan kafolatlari Shartnoma tuzilgan sanada yolg’on bo’lgan bo’lsa; yoki b) Shartnoma tuzilgandan keyin Hamkorga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan bo’lsa; yoki v) Shartnomani bajarish Kompaniya tomonidan sanksiyalarning buzilishiga olib kelsa — Kompaniya vaziyat aniqlanguncha Shartnomani bajarishni to’xtatib turishga, qonuniy davom ettirish imkoni bo’lmaganda esa Shartnomani bajarishdan bir tomonlama voz kechishga va zararlarni qoplashni talab qilishga haqli.
9.3.8.4. Imkoni bo’lgan taqdirda Tomonlar sanksiyalarning buzilishiga yo’l qo’ymaslik va Shartnomaning lozim darajada bajarilishini ta’minlash uchun majburiyatlarni novatsiya qilish, ularni bajarish tartibini o’zgartirish yoki boshqa qonuniy o’zgartirish yuzasidan muzokaralar olib borishga haqli.
9.3.8.5. Agar Shartnoma bo’yicha majburiyatlarni sanksiyalarni buzmasdan bajarish imkonsiz bo’lsa va sanksiyalarni buzmasdan Shartnomaga o’zgartirish kiritish imkonsiz bo’lsa, Hamkor sanksiyalarga zid kelmaydigan majburiyatlarni bajarishi shart.
9.3.8.6. Agar majburiyatlar sanksiyalarni buzmasdan muddatidan oldin bajarilishi mumkin bo’lsa, Kompaniya ularni muddatidan oldin bajarishni talab qilishga, Hamkor esa buni amalga oshirishga majburdir.
9.3.9. Korrupsiyaga qarshi kurashish
9.3.9.1. Kompaniya Hamkorni o’zining korrupsiyaga nisbatan murosasizligi va Kompaniyaning ichki hujjatlarida mustahkamlangan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi mavjudligi to’g’risida xabardor qiladi.
9.3.9.2. Shartnomani bajarishda Tomonlar va ularning xodimlari korrupsion harakatlarni, jumladan pora berish yoki olishni, tijorat pora berishni, poraga vositachilikni, shuningdek jinoiy daromadlarni legallashtirishga va huquqbuzarlik faoliyatini moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonunchilikni buzuvchi harakatlarni sodir etmaslik majburiyatini oladilar.
9.3.9.3. Har bir Tomon ushbu Shartnoma va amaldagi qonunchilik doirasidan tashqarida o’z foydasiga biron-bir harakat yoki qaror olish maqsadida boshqa Tomonning xodimlarini har qanday tarzda, jumladan pul to’lovlari, sovg’alar, xizmatlar, imtiyozlar yoki boshqa afzalliklar bilan rag’batlantirishdan voz kechadi.
9.3.9.4. Boshqa Tomon korrupsion buzilishlarni sodir etganligiga asos paydo bo’lsa, Tomon 3 (uch) ish kuni ichida bu haqda yozma yoki elektron shaklda boshqa Tomonni xabardor qilishi va taxmin qilinayotgan buzilish faktini tasdiqlovchi materiallarni taqdim etishi shart. Shunday xabardor qilishdan so’ng Tomon boshqa Tomondan buzilish sodir bo’lmaganligi yoki to’xtatilgani va takrorlanmasligi to’g’risidagi tasdiqni olguncha Shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarishni to’xtatib turishga haqli. Bunday tasdiq 10 (o’n) ish kuni ichida taqdim etilishi lozim.
9.3.9.5. Bir Tomon tomonidan korrupsion buzilish sodir etilgan va (yoki) 9.3.9.4-bandda belgilangan tartibda javob taqdim etilmagan taqdirda, boshqa Tomon Shartnomani bajarishdan bir tomonlama voz kechishga va zararlarning qoplanishini talab qilishga haqli.
9.3.10. BTPni Deaktivatsiya qilish
9.3.10.1. Kompaniya quyidagi hollarda BTPni Deaktivatsiya qilishni qo’llash huquqiga ega:
a) Hamkor tomonidan qoidabuzarliklar tegishli band uchun 6-ilovada belgilangan muddatda bartaraf etilmasligi;
b) Hamkorda bitta BTP bo’yicha bir vaqtning o’zida amal qiluvchi (bartaraf etilmagan) ikkita va undan ortiq jiddiy va (yoki) hujjatli va (yoki) muhim operatsion qoidabuzarliklarning mavjudligi;
v) Shartnomaning 4.4.6-bandida nazarda tutilgan tartibdagi zachyot ketma-ket 2 (ikki) hisobot davri davomida qoplamaydigan Hamkorning jarimalar bo’yicha qoplanmagan qarzdorligining mavjudligi.
9.3.10.2. Kompaniya Hamkorga Deaktivatsiya asosini, Deaktivatsiya boshlanish sanasini va BTP qayta faollashtiriladigan shartlarni ko’rsatgan holda Deaktivatsiya to’g’risida xabarnoma yuboradi. Deaktivatsiya xabarnoma yuborilgan paytdan boshlab 24 (yigirma to’rt) soatdan kechiktirilmay joriy etiladi, bundan qoidabuzarlik Xaridorlarning xavfsizligiga yoki Tovarning saqlanishiga bevosita xavf tug’diradigan hollar mustasno — bunday holatda Deaktivatsiya darhol qo’llanilishi va xabarnoma uni joriy etilgandan keyin 24 soatdan kechiktirmay yuborilishi mumkin.
9.3.10.3. Hamkor Deaktivatsiya asosini bartaraf etishga va Kompaniyaga tasdiqlovchi materiallar ilova qilingan holda tasdiqni yuborishga haqli. Kompaniya tasdiqni olgan paytdan boshlab 4 (to’rt) ish kuni ichida uni ko’rib chiqishi va BTPni qayta faollashtirish yoki asoslantirilgan rad etish to’g’risida qaror qabul qilishi shart.
9.3.10.4. Agar Deaktivatsiya asosi uni joriy etilgan sanadan boshlab 30 (o’ttiz) kalendar kun ichida bartaraf etilmasa, Kompaniya Shartnomani 10.3.1.3-bandida nazarda tutilgan asosda bekor qilish huquqiga ega.
9.3.10.5. Deaktivatsiya davrida Shartnomaning 2-sonli ilovada nazarda tutilgan kafolatlangan mukofot Deaktivatsiya amal qilgan kunlar uchun hisoblanmaydi; aylanmadan olinadigan mukofot esa shu davrda amalda topshirilgan Buyurtmalar asosida umumiy tartibda hisoblanadi.
9.3.11. Bank kartasini nomunosib shaxsga topshirish, majburiy identifikatsiya yoki verifikatsiyaning yo’qligi, Bank kartasi yoki Konvertning yo’qolishi, shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy qayta ishlash, bank sirini oshkor qilish, boshqa shaxsning hisob yozuvidan foydalanish yoki Bank mijozidan haq undirish bilan bog’liq Maxsus shartlar talablarining buzilishi jiddiy qoidabuzarliklarga kiradi.
9.3.12. 9.3.11-bandda ko’rsatilgan qoidabuzarliklar uchun Hamkor Kompaniyaga hujjatlar bilan tasdiqlangan zararlar va xarajatlarni, jumladan Bank yoki Bank mijozi tomonidan qo’yilgan summalarni, kartani qayta chiqarish va yetkazib berish xarajatlarini, hodisani tergov qilish, ma’lumotlar va tizimlarni tiklash, huquqiy himoya va davlat organlari talablarini bajarish xarajatlarini qoplab beradi.
9.3.13. Kompaniya faollashtirilmagan BTP, ruxsat berilmagan xodim tomonidan, majburiy tekshiruvlarsiz yoki axborot tizimida muvaffaqiyatli yakuniy holatsiz ko’rsatilgan to’lov xizmati uchun to’lov qilmaslik, shuningdek tekshiruv natijalariga ko’ra haqiqiy emas deb topilgan operatsiya bo’yicha ilgari to’langan mukofotning qaytarilishini talab qilish huquqiga ega.
9.4. Tomonlar ushbu Shartnomaning korrupsiyaga qarshi shartlarini bajarish bo'yicha to'liq maxfiylikni, shuningdek, qoidabuzarliklar haqida xabar bergan Tomon yoki uning xodimlari uchun salbiy oqibatlarning yo'qligini kafolatlaydilar.
9.5. Tomonlar korrupsiya va komplayens-talablarning buzilishi to'g'risidagi xabarlar uchun bir-birlariga aloqa ma'lumotlarini taqdim etadilar. Kompaniya tomonidan bunday manzil: compliance@uzum.com
10. SHARTNOMANI TUZISH, O'ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH ASOSLARI VA TARTIBI
10.1. Shartnoma tuzish.
10.1.1. Shartnoma Hamkor tomonidan ushbu Ofertani qabul qilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi, bu Hamkor tomonidan Ofertani qabul qilish to‘g‘risidagi arizani rasmiylashtirish va Kompaniyaga yuborishda ifodalanadi. Tomonlar elektron raqamli imzo (ERI) bilan imzolangan va Didox.uz elektron hujjat aylanishi tizimi orqali yuborilgan hujjatlarni tan oladilar.
10.1.2. Hamkor tomonidan ofertani akseptlash to'g'risida ariza yuborilishi uning ushbu Shartnoma shartlarini to'liq va so'zsiz qabul qilganligini anglatadi.
10.1.3. Ushbu Ofertani aksept qilish bir vaqtning o’zida Hamkor tomonidan Maxsus shartlarni to’liq va so’zsiz qabul qilishni hamda Kompaniya (to’lov agenti sifatida) bilan Hamkor (to’lov subagenti sifatida) o’rtasida 5-ilova shartlarida subagentlik shartnomasi tuzilganligini bildiradi. Maxsus shartlarni alohida ariza, kelishuv yoki boshqa aksept qilish talab etilmaydi.
10.1.4. Hamkorda to’lov subagenti maqomining mavjudligi o’z-o’zidan Bank kartalarini topshirishni boshlashga ruxsat hisoblanmaydi. To’lov xizmatlarini ko’rsatish huquqi faqat Kompaniyaning tegishli BTPni faollashtirish to’g’risidagi alohida xabarnomasini olgandan so’ng yuzaga keladi.
10.2. Shartnomani o'zgartirish.
10.2.1. Kompaniya ushbu Shartnoma va uning ilovalari shartlarini bir tomonlama o'zgartirish huquqiga ega. Shartnomaning va uning ilovalari yangi tahriri u Internet tarmog'ida https://franchise.uzum.uz/legal manzilida joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Kompaniya o'zgarishlar haqida Hamkorga rasmiy aloqa kanallari orqali xabarnoma yuboradi.
10.2.2. Shartnomaning yangi tahriri Tomonlarning munosabatlariga qo'shimcha kelishuv imzolanmasdan kuchga kiradi va qo'llaniladi.
10.2.3. Kompaniya Shartnoma matnidagi texnik va imlo xatolarini Hamkorga xabar bermasdan tuzatish huquqiga ega.
10.2.4. Blank-arizada ko'rsatilgan ma'lumotlar ikkala tomonning Blank-arizaga kiritilgan o'zgartirishlarni imzolashi orqali o'zgartirilishi mumkin.
10.2.5. Maxsus shartlarga kiritilgan o’zgartirishlar Hamkorga aloqa kanallari orqali yetkaziladi. Qonunchilik, Bank, Markaziy bank talablari, firibgarlikning oldini olish yoki xavfsizlik hodisasi sababli kiritiladigan o’zgartirishlar Kompaniya ko’rsatgan sanadan boshlab kuchga kirishi mumkin.
10.3. Shartnomani bekor qilish.
10.3.1. Kompaniya shartnomani (ishga tushirilgan bitta yoki bir nechta BTPni) quyidagi hollarda bekor qilishga haqli:
10.3.1.1. Darhol - agar Hamkor majburiyatlarni bajarishda 10 (o'n) ish kunidan ortiq kechiksa.
10.3.1.2. Darhol - agar Hamkor Shartnomaning 4.2.1, 4.2.2, 4.2.8, 4.2.15, 4.2.17-bandlarida nazarda tutilgan shartlarni buzsa.
10.3.1.3. Bir tomonlama xabar yuborish orqali - boshqa hollarda, bekor qilish rejalashtirilgan sanadan kamida 30 (o'ttiz) ta taqvim kuni oldin.
10.3.2. Hamkor shartnomani (bitta yoki bir nechta ishga tushirilgan BTPni) bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega bo'lib, buning uchun rejalashtirilgan bekor qilish sanasidan kamida 30 (o'ttiz) ta kalendar kuni oldin EHA orqali yozma xabar yuboradi.
10.3.3. Agar shartnomalar Hamkor tashabbusi bilan (10.3.2-band) yoki Hamkor aybi tufayli bekor qilinsa, Kompaniya BTP ishlashi uchun zarur bo'lgan mulkni Hamkordan sotib olishga haqli.
10.3.4. Shartnomalar bekor qilinganda, Hamkor 7 (yetti) kalendar kun ichida o'ziga topshirilgan barcha mol-mulkni tegishli holatda Kompaniyaga qaytarish majburiyatini oladi. Zararlar mavjud bo'lgan taqdirda, Hamkor mulkning o'rtacha bozor qiymatidan kelib chiqqan holda yetkazilgan zararni 7 kun ichida qoplaydi.
10.3.5. Agar Shartnoma doirasida ishga tushirilgan bitta yoki bir nechta BTP tegishli BTP bo’yicha birinchi yaratilgan Buyurtma sanasidan boshlab 1 (bir) yil ichida Hamkorning tashabbusi bilan Shartnomaning 10.3.2-bandiga muvofiq yoxud Hamkorning aybi bilan bekor qilinsa, Kompaniya Shartnoma bekor qilingan sanadan boshlab 10 (o’n) ish kuni ichida Hamkorga tegishli BTP bo’yicha Kafolatlangan mukofot davri uchun Hamkorga amalda to’langan kafolatlangan mukofot summasiga hisob-faktura taqdim etadi. Kafolatlangan mukofot miqdori va uni hisoblash tartibi Shartnomaga 2-ilovada belgilanadi. Hamkor hisob-fakturada ko’rsatilgan summani uni Kompaniyadan olgan sanadan boshlab 20 (yigirma) kalendar kuni ichida to’lashi shart.
10.3.6. Hamkorning to’lov subagenti sifatidagi vakolatlari Bank va Kompaniya o’rtasidagi agentlik shartnomasi tugatilgan yoki to’xtatib turilgan, Bankning roziligi bekor qilingan, Hamkor yoki BTP reyestrdan chiqarilgan, BTP deaktivatsiya qilingan, Shartnoma BTPga nisbatan bekor qilingan, Bank yoki vakolatli davlat organi talab qilgan, shuningdek identifikatsiya, ma’lumotlarni saqlash va himoya qilish, bank siri yoki axborot xavfsizligi talablari jiddiy buzilgan hollarda avtomatik ravishda to’xtatib turiladi yoki tugatiladi.
10.3.7. Hamkorning to’lov subagenti sifatidagi vakolatlarining tugatilishi yoki to’xtatib turilishi, agar Kompaniya Hamkorni boshqacha tartib to’g’risida to’g’ridan-to’g’ri xabardor qilmagan bo’lsa, Shartnomaning BTPni tashkil etish va ekspluatatsiya qilish qismidagi amal qilishini tugatmaydi.
10.3.8. To’lov subagenti vakolatlari tugatilgan yoki to’xtatib turilgan taqdirda Hamkor Bank kartalarini topshirishni darhol to’xtatishi, barcha Konvertlarning saqlanishi va qaytarilishini ta’minlashi, xodimlarning axborot tizimlariga kirishini to’xtatishi hamda Maxsus shartlarda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarishi shart.
11. NIZOLARNI HAL QILISH
11.1. Ushbu Shartnomaning bajarilishi bilan bog'liq Tomonlar o'rtasida yuzaga keladigan barcha kelishmovchiliklar muzokaralar orqali hal qilinadi. Da'vo tartibida nizolarni hal qilish majburiy hisoblanadi.
11.2. Agar nizoni muzokaralar orqali hal qilish imkoni bo'lmasa, u O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Toshkent shahar tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan ko'rib chiqiladi.
12. FORS-MAJOR
12.1. Har bir Tomon ushbu Shartnoma bo'yicha majburiyatlarni qisman yoki to'liq bajarolmasligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi, agar bu bajarmaslik yengib bo'lmaydigan kuch holatlari, shu jumladan suv toshqini, zilzila, tabiiy yong'in, boshqa tabiiy ofatlar yoki vakolatli organning xulosasi asosida shunday deb tan olingan boshqa favqulodda vaziyatlar natijasi bo'lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
12.2. Tomonlarning majburiyatlarini bajarish muddatlari ushbu holatlar ularni bajarishga to'sqinlik qiladigan davrga teng muddatga ko'chiriladi.
12.3. Yengib bo'lmaydigan kuch holatlariga quyidagilar kirmaydi, xususan:
Hamkorning Xizmatlarni taqdim etish imkoniyatlarini cheklaydigan boshqa tomonlar oldidagi majburiyatlari;
Hamkor kontragentlari tomonidan o'z majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik;
Hamkorning faoliyati uchun zarur bo'lgan amaldagi sertifikatlar yoki boshqa hujjatlar, ruxsatnomalar va litsenziyalarning yo'qligi;
Xizmatlarni ko'rsatish uchun zarur bo'lgan ishchi kuchi, materiallar, asbob-uskunalar yoki xizmatlarning bozorda yo'qligi (agar bu o'z-o'zidan yengib bo'lmaydigan kuch holatlari bilan bog'liq bo'lmasa)
12.4. Yengib bo'lmaydigan kuch holatlari tufayli Shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarish imkoniyati bo'lmagan Tomon boshqa Tomonni majburiyatlarni bajarishga to'sqinlik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi yoki tugaganligi to'g'risida darhol, lekin 3 (uch) kundan kechiktirmay xabardor qilishi shart. Xabarnoma elektron aloqa vositalari (shartnomada ko'rsatilgan manzillar bo'yicha elektron pochta, Telegram messenjeri) orqali rahbar tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan yozma xabar shaklida yuborilishi kerak.
12.5. Shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarish imkoniyati bo'lmagan Tomon boshqa Tomonga vakolatli organ yoki tashkilot tomonidan berilgan yengib bo'lmaydigan kuch holatlarining mavjudligi va davomiyligini tasdiqlovchi hujjatni yuborishi shart.
12.6. Shartnomaning 12.4-12.5 bandlarida belgilangan talablarni bajarmagan Tomon yengib bo'lmas kuch holatini uni javobgarlikdan ozod qilish uchun asos sifatida ko'rsatishga huquqiga ega emas. Yengib bo'lmaydigan kuch holati tugagandan so'ng, Tomon boshqa Tomonga bu haqda xabar berishi shart.
12.7. Agar bunday holatlar ketma-ket 30 (o'ttiz) kundan ortiq davom etsa, har qanday Tomon boshqa Tomonni bir tomonlama ogohlantirib, Shartnomani bajarishdan bosh tortish huquqiga ega bo'ladi. Bunda Tomonlar Shartnomaning amal qilishi to'xtatilgan paytda amalda ko'rsatilgan xizmatlar va/yoki bajarilgan ishlar uchun o'zaro hisob-kitob qilishlari shart.
12.8. Fors-major Hamkorni xavfsiz bo’lmagan to’lov operatsiyalarini to’xtatish, Bank kartalari, shaxsiy ma’lumotlar va bank sirining saqlanishini ta’minlash hamda mol-mulkni qaytarish bo’yicha ko’rsatmalarni bajarish majburiyatidan ozod qilmaydi.
13. BOSHQA SHARTLAR
13.1. Tomonlar hech qanday tegishli og'zaki kelishuvlarga ega emaslar. Shartnoma matnining mazmuni Tomonlarning haqiqiy xohish-irodasiga to'liq mos keladi.
13.2. Shartnoma tuzilishidan oldin uning predmeti bo'yicha barcha yozishmalar Shartnoma tuzilgan kundan boshlab yuridik kuchini yo'qotadi.
13.3. Tomonlar ushbu Shartnomani bajarish bilan bog'liq masalalar, jumladan, da'volar, bildirishnomalar, hujjatlar, talablar, kelishuvlar va boshqa yuridik ahamiyatga ega ma'lumotlarni yuborish bo'yicha rasmiy aloqa kanali Tomonlarning elektron pochtasi bo'lishiga kelishib oldilar.
Hamkor uchun: ______.
Kompaniya uchun: info-franchise@uzum.com.
13.4. Tomonlar tomonidan ko'rsatilgan elektron pochtalarga yuborilgan barcha hujjatlar va xabarlar, agar yetkazib berish xatosi to'g'risida bildirishnoma bo'lmasa, ular yuborilgan paytdan boshlab Tomonlar tomonidan tegishli tarzda yuborilgan va olingan deb hisoblanadi.
13.5. Tomonlar rasmiy aloqa kanalini, dam olish va ishlanmaydigan kunlarni qo'shgan holda, kalendar kunida kamida bir (1) marta tekshirish majburiyatini oladilar.
13.6. Tomonlar rasmiy aloqa kanallariga, ushbu Shartnomada ko'rsatilgan Tomonlarning elektron pochta manzillariga yuborilgan xabarlar va hujjatlarning yetib kelmasligi, kechikishi yoki e'tiborga olinmasligi bilan bog'liq salbiy oqibatlar xavfini o'z zimmasiga oladilar.
13.7. Tomonlar rasmiy aloqa kanallari orqali yuborilgan hujjatlarning yuridik kuchini, agar amaldagi qonun hujjatlarida yoki ushbu Shartnomada to'g'ridan to'g'ri boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, yozma shaklda yuborilgan hujjatlarga teng deb tan oladilar.
13.8. Tomonning javob bermasligi yoki xabarni o'qiganini tasdiqlamasligi Tomonni javobgarlikdan ozod qilmaydi va yuborilgan xabarnomalarning yuridik kuchiga ta'sir qilmaydi.
13.9. Tezkor hamkorlik, maslahat, hodisalarni qayd etish, ma'lumot, foto va video materiallarni uzatish, shuningdek, operatsion faoliyat bilan bog'liq boshqa xabarlar uchun Hamkor @uzum_franchise_bot Telegram-boti orqali Kompaniya yordamiga murojaat qilish huquqiga ega.
13.10. Kompaniyaning rasmiy Telegram-boti orqali yuborilgan xabarlar va materiallar, qo'llab-quvvatlash tizimida ro'yxatdan o'tgan vaqtdan boshlab Kompaniya tomonidan rasmiy qabul qilingan hisoblanadi.
13.11. Tomonlar shuni e'tirof etadiki, agar Shartnomaning biror-bir qoidasi uning amal qilish muddati davomida qonun hujjatlarining o'zgarishi natijasida o'z kuchini yo'qotsa, Shartnomaning qolgan qoidalari Shartnomaning amal qilish muddati davomida Tomonlar uchun majburiy hisoblanadi.
13.12. Tomonlar Didox orqali malakali elektron imzo bilan imzolangan elektron hujjat almashinuviga (keyin EHA) o'z roziliklarini tasdiqlaydilar. Hujjatlar elektron shaklda almashilgan taqdirda, Tomonlar EHA operatoriga mustaqil ravishda va o'z hisoblaridan ulanish majburiyatini oladilar. Tomonlar elektron hujjat almashinuvini O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradilar.
13.13. Hamkor nomidan ushbu Shartnoma bo'yicha Ariza shaklini imzolagan shaxs, Kompaniya tomonidan uning shaxsiy ma'lumotlarini quyidagi maqsadlarda qayta ishlashga rozilik bildirgan hisoblanadi: familiya, ism, sharif, tug'ilgan sana va joyi, jinsi, ish joyi va lavozimi, pochta manzili, yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan manzil, ish va mobil telefon raqamlari, elektron pochta manzillari, soliq to'lovchi identifikatsiya raqami, hisob raqami, yakka tartibdagi tadbirkorning asosiy davlat ro'yxatidan o'tgan raqami, pasport ma'lumotlari, biometrik shaxsiy ma'lumotlarga tegishli (yoki tegishli bo'lishi mumkin bo'lgan) ma'lumotlar, shuningdek, Kompaniya tomonidan Hamkordan olingan boshqa shaxsiy ma'lumotlar. Ushbu ma'lumotlar quyidagi maqsadlarda qayta ishlanishi mumkin: yig'ish, yozib olish, tizimlashtirish, to'plash, saqlash, aniqlash (yangilash, o'zgartirish), chiqarib olish, foydalanish, uzatish, shaxsiy ma'lumotlarni anonimizatsiya qilish, bloklash, o'chirish va yo'q qilish.Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashning maqsadlari, jumladan ularni yig'ish maqsadlari, quyidagilarni o'z ichiga oladi: ushbu Shartnomani yoki boshqa shartnomalarni tuzish, o'zgartirish, bajarish va bekor qilish imkoniyatini aniqlash; moliyaviy va boshqa xizmatlarni har qanday aloqa vositalari orqali targ'ib qilish; shuningdek, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini ta'minlash. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash avtomatlashtirilgan vositalar yordamida ham, shunday vositalarsiz ham amalga oshiriladi. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik besh yil davomida amal qiladi. Shuningdek, hujjatlar va boshqa axborot tashuvchilarida mavjud bo'lgan va amaldagi qonunchilikka ko'ra saqlash muddati besh yildan oshadigan shaxsiy ma'lumotlar bo'yicha rozilik, ushbu hujjatlar va axborot tashuvchilarini saqlash muddatiga muvofiq amal qiladi. Ushbu rozilik Kompaniyaga mos yozma ariza yuborish orqali bekor qilinishi mumkin (1.3-bandda ko'rsatilgan manzilga). Bunday holatda, Kompaniya shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni to'xtatadi, va shaxsiy ma'lumotlar yo'q qilinadi yoki anonimizatsiya qilinadi, agar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki Kompaniya hujjatlari tomonidan belgilangan boshqa yuridik asoslar mavjud bo'lmasa. Hamkor Kompaniyaning talabiga binoan, shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bergan, Hamkor nomidan harakat qiluvchi shaxslarning asl hujjatlari va/ yoki nusxalarini, shartnomani tuzish, o'zgartirish, bajarish va bekor qilish bilan bog'liq harakatlar uchun hamda Kompaniyaning faoliyati uchun zarur bo'lgan maqsadlarda, Kompaniya talabini olgan kundan boshlab 2 (ikki) ish kuni ichida taqdim etishga majburdir.
13.14. Shartnomaga ilovalar:
1-ilova - Uzum Market BTP faoliyati bo'yicha qo'llanma
2-ilova - Agent mukofoti
3-ilova - «Jira Service Management» bilan ishlash reglamenti
5-ilova — «UZUM BANK» AJ bank kartalarini tarqatish va topshirish bo’yicha to’lov subagenti faoliyatini amalga oshirishning Maxsus shartlari.
6-ilova — Qoidabuzarliklar tarifikatori.
Kompaniya rekvizitlari:
"UZUM MARKET" MCHJ XK, STIR 309376127
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, "Damariq" MFY, Kichik Beshyog'och ko'chasi, 132-A uy
Hisob raqami:20208000005504983001
MFO: 00974
OKED: 62090
Bank: "Kapitalbank" ATB Operatsion boshqarmasi
Bosh direktor: Benzoruk D.D.
Hamkorlik shartnomasiga № 1-ilova
UZUM MARKET BTP FAOLIYATI BO'YICHA QO'LLANMA
1-BO'LIM: BTP FAOLIYATIGA QO'YILADIGAN UMUMIY TALABLAR
1. Hamkor binoni ochishga tayyorlashi kerak:
1.1. Hamkor Uzum Market reklama elementlarini buyurtma qiladi va o'rnatadi hamda Kompaniya bilan kelishadi;
1.2. Hamkor BTPni ish uchun zarur bo'lgan mebel bilan ta'minlaydi;
1.3. Hamkor elektr ta'minoti nuqtalarini ta'minlaydi va zarur bo'lganda ularni qo'shimcha ravishda o'rnatadi.
1.4. Hamkor BTPni faoliyat yuritishi uchun zarur bo'lgan texnika bilan ta'minlaydi, jumladan videokuzatuv kameralari hamda Kompaniyaning texnik tavsiyalariga muvofiq o'rnatiladigan uskunalar bilan. Shuningdek, Hamkor dasturiy ta'minotni o'rnatish va sozlashni ta'minlaydi. Keyinchalik texnikaning uzluksiz ishlashini nazorat qiladi, nosozlik yuzaga kelgan taqdirda uni o'z vaqtida yangisiga almashtiradi yoki ta'mirlanishini ta'minlaydi.
Buyurtmalar soni oshgan taqdirda va Kompaniya ko'rsatmasiga asosan, Hamkor BTPni ikkinchi xodim uchun zarur bo'lgan uskunalar bil
1.5. Binoni tayyorlash ishlarini yakunlagach, Hamkor turli rakurslardan, jumladan kirish qismi tomondan ham, yuqori sifatli foto va video tasvirga olish ishlarini amalga oshiradi va ushbu materiallarni Kompaniyaga taqdim etadi.
1.6. Hamkor BTPni tasdiqlangan ro'yxatga muvofiq barcha zarur uskunalar va sarflash materiallari (TMZ) bilan jihozlashi shart (tasdiqlangan ro'yxatga havola: Franshiza bo'yicha TMB ro'yxati).
2. Hamkor kelishilgan kundalik uzluksiz ish tartibini va BTPning tegishli ko'rinishini ta'minlashi kerak:
2.1. Hamkor xaridorlarning kirishiga to'sqinlik qiladigan kirish zonasidagi har qanday mexanik shikastlanishlar haqida Kompaniyaga bir soat ichida xabar beradi;
2.2. Hamkor BTP ishiga xalaqit beradigan vaziyatlar, shu jumladan suv, elektr, isitish yo'qligi haqida Kompaniyaga darhol xabar beradi;
2.3. Hamkor kirish zonasidagi va BTP xonasidagi shikastlanishlar hamda favqulodda holatlarning oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha choralarni ko'radi;
2.4. Hamkor BTPga tutash hududni o'z hisobidan tegishli holatda saqlaydi, shu jumladan axlat, qor, muz va boshqalardan tozalaydi;
2.5. Hamkor BTPni qadoqlangan ichimlik suvi bilan ta'minlaydi.
2-BO'LIM: XIZMATLAR KO'RSATISH, TOVARLARNI QABUL QILISH-BERISH VA QAYTARISH TARTIBI
3. Xizmatlarni ko'rsatishda Hamkor:
3.1. Buyurtmalar tarqatish punktida Buyurtmalar berishni amalga oshiradi;
3.2. Quyidagi hollarda Kompaniya buyurtmalarini qaytaradi:
Xaridor Buyurtmani olishdan bosh tortishi;
Xaridor tomonidan Buyurtmaning shikastlanganligi, yaroqsizligi yoki nomuvofiqligi aniqlanganda;
3.3. Xaridorlardan ilgari olingan buyurtmalarni qaytarishni qabul qiladi;
3.4. Xaridorlarni manzil, ish jadvali, kuryerlik orqali yetkazib berish qoidalari to'g'risida zarur tarzda xabardor qiladi;
3.5. Buyurtma tarqatish punktida 18+ toifadagi buyurtmalarni berishda Xaridorlarning balog'at yoshiga yetganligini tekshiradi.
3.6. Kompaniyaning NKM va ekvayring terminallaridan, shuningdek, Buyurtmalarni tezkor to'lashning boshqa tizimlaridan foydalangan holda Xaridorlardan Buyurtmalarni to'lash uchun naqd va naqd pulsiz mablag'larni qabul qiladi.
4. Tovarlarni qabul qilish-topshirish tartibi:
4.1. Hamkor Kompaniyaning axborot tizimida (WMS) Kompaniyaning omboridan Tovarlarni BTPga qabul qilishni aks ettirish maqsadida Tovarlarning harakati to'g'risidagi tegishli ma'lumotlarni kiritadi;
4.1.1. Tovar qabul qilish jarayoni Kompaniya tomonidan belgilangan maxsus joylarda, kameralar nazorati ostida amalga oshiriladi.
4.1.2. Tovarlarni qabul qilish, qayta ishlash va joylashtirish, shu jumladan qaytarishlarni shakllantirish zonasi shunday tashkil etilishi kerakki, Tovarlar bilan barcha operatsiyalar (BTPga kelib tushgan paytdan boshlab Xaridorga topshirish yoki Kompaniya omboriga qaytarilgunga qadar) videokuzatuv kameralarining ko'rish zonasiga to'liq tushishi, shu jumladan yozib olish rejimida, to'liq aks etadigan bo'lsin.
4.2. Hamkor qabul qilinayotgan Buyurtmalarni qadoqlash yaxlitligi va yetkazib berilayotgan Buyurtmalar soni bo'yicha tekshirish huquqiga ega.
4.3. Hamkor tovar o'ramining butunligi buzilgan taqdirda Kompaniyani xabardor qiladi va tovarni Kompaniya omboriga qaytarishni amalga oshiradi.
5. Tovarni qaytarish tartibi:
5.1. Hamkor Xaridorga berish uchun mo'ljallangan va Ijrochining BTPda 8 (sakkiz) kundan ortiq yoki uzaytirish muddati tugagandan so'ng turgan Buyurtmani Kompaniyaga qaytaradi.
5.2. Hamkor Xaridor Buyurtmani to'liq rad etgan taqdirda Kompaniyaga Tovarni qaytaradi;
5.3. Hamkor Xaridorga Buyurtmani berishda Tovarlarning yetishmasligi, shikastlanishi yoki yaroqsizligi aniqlanganda, Kompaniyaga tovarning kamomadi yoki shikastlanishi haqida xabar beradi va nuqsonli tovarni Kompaniya omboriga qaytaradi;
5.4. Hamkor barcha turdagi tovarlarni Kompaniyaning axborot tizimida (WMS) qaytarishni rasmiylashtirish orqali qaytaradi.
3-BO'LIM: BTP BINOSI VA UNGA TUTASH HUDUDNING TALABLARGA MUVOFIQLIGI
6. Kirish zonasi quyidagilarning mavjudligini va (yoki) muvofiqligini nazarda tutadi:
6.1. Zinapoya va kirish zonasida sirpanmas qoplama mavjud bo'lishi kerak;
6.2. Ko'cha tomonidan qaraganda, zinapoya chap tomonida axlat qutisi joylashtirilgan bo'lishi kerak;
6.3. Tashqi reklama peshavhasi dizayn-loyihaga muvofiq o'rnatilgan bo'lishi va kechqurun ishlashi shart; kunduzgi paytda panel o'chirilgan bo'lishi kerak, agar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa tartib belgilangan bo'lmasa.
6.3.1. Reklama lavhasi uchun qo'shimcha hisoblagich o'rnatish. Ushbu talab buzilgan taqdirda, barcha javobgarlik Hamkor zimmasida bo'ladi.
6.4. Eshik tutqichi dizayn-loyihaga muvofiq o'rnatilgan bo'lishi kerak;
6.5. Ma'lumot plakati mavjud bo'lishi kerak;
6.6. Ish tartibini ko'rsatadigan plakat mavjud bo'lishi kerak;
6.7. BTP yaqinidagi hudud parvarishlangan: yo'laklar asfaltlangan, chiqindilar yo'q. Yozda kiraverishdagi va atrofdagi o'tlar o'rilgan, buta va daraxtlarning shoxlari qirqilgan. Qishda kirish hududi va unga tutash hududlar qordan va muzdan tozalanadi;
6.8. Kirish zonasi soyaboni soz, qishda qordan va muzdan tozalangan.
7. Reklama peshavha quyidagi talablarga javob berishi kerak:
7.1. Panel kunduz va kechqurun yaxshi ko'rinadigan bo'lishi, yonadigan va fasadga integratsiyalangan bo'lishi kerak;
7.2. Yorug'likda LED nuqtalari ko'rinmasligi, harflarni devorga o'rnatish uchun profil quvur devor rangi bilan bo'yalgani talab qilinadi;
7.3. Peshlavha ishlashga yaroqli bo'lishi, qishda qor va muzdan tozalanishi shart.
8. Tambur (o'tish joyi) quyidagilarning mavjudligini va (yoki) muvofiqligini nazarda tutadi:
8.1. Linoleum yoki plitkalar tegishli holatda, toza saqlanishi shart;
8.2. Shift yaxshi holatda bo'lishi shart;
8.3. Devorlar yaxshi holatda bo'lishi shart;
8.4. Yoritish mavjud bo'lishi shart;
8.5. Ochilgan simlar yoki noto'g'ri o'rnatilgan rozetkalar bo'lmasligi shart;
8.6. Xaridorga ko'rinadigan barcha birikmalar tappiqlar va konfirma plitalari bilan, LDSP rangi bilan yopilgan bo'lishi shart.
9. Xaridor bilan muloqot zonasi quyidagilarning mavjudligini va/yoki mosligini ta'minlashi kerak:
9.1. Gilam mavjud bo'lishi shart;
9.2. Shift yaxshi holatda bo'lishi shart;
9.3. Devorlar yaxshi holatda bo'lishi shart;
9.4. Pol yaxshi holatda bo'lishi va toza saqlanishi shart;
9.5. Ombor devor bilan ajratilgan bo'lishi, Xaridorlar ombor hududini ko'rmasligi shart;
9.7. Xonada shamollatish/ventilyatsiya mavjudligi va ishlashga yaroqli konditsioner bo'lishi shart.
9.8. Zonada tozalik;
9.9. Ochilgan simlar bo'lmasligi;
9.10. Noto'g'ri o'rnatilgan yoki chiqarilgan rozetkalar bo'lmasligi;
9.11. Bitta ta'minot tugmasiga ulangan bo'lishi kerak: tashqi peshlavha.
9.12. Xaridorga ko'rinadigan barcha birikmalar tappiqlar va konfirma plitalari bilan, LDSP rangi bilan yopilgan bo'lishi;
9.13. Internet + xodimlar uchun Wi-Fi ulanish nuqtasi mavjud bo'lishi;
9.14. Yorug'lik mavjudligi;
10. Qabulxona ustuni quyidagilarning mavjudligini va (yoki) muvofiqligi quyidagilarni ta'minlashi kerak:
10.1. Qabulxona ustuni dizayn-loyiha bo'yicha o'rnatilgan bo'lishi;
10.2. Qabulxona stolidagi yog'och elementlar gikoriydan yasalgan bo'lishi;
10.3. Stol uchun ishlatilgan material LMDP yoki LDSP bo'lib, qoramtir kulrang (beton osti) bo'lishi;
10.4. Tasdiqlangan namuna bo'yicha A4 formatidagi table-tent o'rnatilgan bo'lishi shart;
10.5. Ish joyida kreslo, smartfon, planshet va noutbuk mavjud bo'lishi;
10.6. Ish uchun mo'ljallangan smartfonda SIM karta o'rnatilgan bo'lishi;
10.7. Videokuzatuv kameralari (4-5 dona) xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan joyda o'rnatilgan, ishlashga yaroqli bo'lishii;
10.8. Printer ishlashga yaroqli, chop etadi, kartrij to'ldirilgan va zaxira mavjud bo'lishi;
10.9. Shtrix-kodlarning simsiz skaneri QR-kodlarni o'qiy olishi;
10.10. USB-hub (4-5 portli), tarmoq uchlik adapteri mavjud bo'lishi;
10.11. Sichqoncha uchun gilamcha, kompyuter sichqonchasi.
11. Stol ortidagi devor quyidagi talablarga javob berishi kerak:
11.1. Brend devori dizayn-loyihaga muvofiq joylashtirilgan bo'lishi
12. Ombor xonasi quyidagilarning mavjudligini va/yoki mosligini ta'minlashi kerak:
12.1. Ochilgan simlar yoki noto'g'ri o'rnatilgan/chiqarilgan rozetkalar bo'lmasligi;
12.2. Tashqi buyumlar (axlat, harakatga to'sqinlik qiluvchi narsalar, qurilish materiallari va boshqalar) bo'lmasligi;
12.3. Pol va devorlar tartibli va toza saqlanishi shart;
12.4. Devorlar oq rangda bo'lishi shart;
12.5. Kamida 3 ta javon mavjud bo'lishi shart;
12.6. Har bir katakchaga o'zining shtrix-kod etiketi yopishtirilgan bo'lishi shart;
12.7. Yorug'lik mavjudligi.
13. Yordamchi xona quyidagilarning mavjudligini va (yoki) mosligini ta'minlashi kerak:
13.1. Ovqatlanish joyi jihozlangan: stol va stul mavjud bo'lishi;
13.2. Ochilgan simlar yoki noto'g'ri o'rnatilgan/chiqarilgan rozetkalar bo'lmasligi;
13.3. Tashqi buyumlar (axlat, harakatga to'sqinlik qiluvchi narsalar, qurilish materiallari va boshqalar) bo'lmasligi;
13.4. 220V kuchlanishga ega bo'lgan, 2 ta chiqishga mo'ljallangan, ishchi va xavfsiz rozetka mavjud bo'lishi;
13.5. Simlar texnik qutilarga tekis joylashtirilgan yoki tortqichlarga yig'ilgan. Simlar shikastlanmagan. Simlarni polga erkin, mahkamlanmagan holda joylashishiga yo'l qo'yilmaydi;
13.6. Ishlaydigan rakovina va unitazga ega hojatxona mavjud bo'lishi;
13.7.Sanitar tugunda unitaz uchun stulcha o'rnatilgan, qog'oz va cho'tka (ershik) mavjud bo'lishi;
13.8. Yorug'lik mavjudligi.
14. Kiyim kiyib ko'rish xonasi quyidagilarning mavjudligini va/yoki mosligini ta'minlashi kerak:
14.1. Profil-tutqich alyuminiydan tayyorlangan va qora rangga bo'yalgan bo'lishi shart;
14.2. Oyna kelishilgan namuna bo'yicha o'rnatilgan bo'lishi shart;
14.3. Oq rangdagi MDFdan tayyorlangan stul va gilamcha mavjud bo'lishi shart;
14.4. Kiyimlar uchun ilgaklar (4 dona) devorlardan biriga mahkamlangan bo'lishi;
15. Tekshiruv zonasi quyidagilarning mavjudligini va/yoki mosligini ta'minlashi kerak:
15.1. Stol ustida qaychi va qora rangdagi ofis organizeri mavjud bo'lishi;
15.2. Qora rangdagi metall axlat qutisi o'rnatilgan bo'lishi;
4-BO'LIM: JARIMALARNI BELGILASH QOIDALARI
16. Qoidabuzarlikni qayd etish turi va usuli, shuningdek tasdiqlovchi materiallar ro'yxati tegishli qoidabuzarlikning xususiyati va holatlariga qarab Kompaniya tomonidan belgilanadi. Foto va (yoki) videomateriallar, shuningdek, boshqa dalillar, jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda, Kompaniyaning axborot tizimlari ma'lumotlari, jurnallar, hisobotlar va boshqa operatsion ma'lumotlar Hamkor tomonidan ushbu Shartnoma shartlari buzilganligining tasdig'i hisoblanadi.
17. Ushbu Shartnoma bo'yicha jarima hisoblash asosi foto va/yoki video tasvirlar bo'lib xizmat qiladi, faqatgina Shartnomaning 4.2.7-bandida nazarda tutilgan buzilishlar bundan mustasno.
18. Shartnomaning 4.2.7-bandini buzganlik uchun jarimani hisoblash tartibi:
18.1. «Jira Service Management» faylida aniqlangan nuqson qayd etiladi va vazifalarning dolzarbligidan kelib chiqqan holda nuqsonni tuzatish uchun muddat belgilanadi: yuqori darajadagi dolzarblik - 24 soatgacha, o'rtacha darajadagi dolzarblik - 3 ish kunigacha, past darajadagi dolzarblik - 4 dan 10 ish kunigacha;
18.2. Hamkor Kompaniya bilan kelishgan holda nuqsonni tuzatish muddatini o'zgartirish huquqiga ega. Yuqori darajadagi dolzarb vazifalar bundan mustasno;
18.3. Nuqsonni tuzatish uchun belgilangan muddatning buzilishi jarima solish uchun asos bo'ladi.
Hamkorlik shartnomasiga 2-ilova
Mukofot
Atamalar va ta'riflar:
Segmentlar - bu BTP ochiladigan shaharlar.
1-segment - Toshkent.
2-segment - Nukus, Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Farg'ona, Urganch, Toshkent viloyati.
3-segment - qolgan barcha shaharlar.
Kafolatlangan mukofot — Kafolatlangan mukofot davri davomida Hamkorga har oyda to’lanadigan qat’iy summa. Kafolatlangan mukofot davri — BTP faoliyati boshlangan sanadan (birinchi yaratilgan Buyurtma sanasidan) hisoblanadigan 180 (bir yuz sakson) kalendar kundan iborat davr.
Aylanmadan olinadigan mukofot - cheklovlarni hisobga olgan holda hisobot oyida berilgan tovarlar qiymatidan foiz shaklida to'lanadi.
- Kafolatlangan mukofot davri mobaynida Hamkorning har bir hisobot davri uchun mukofoti quyidagi qiymatlardan kattasi sifatida belgilanadi: (a) 1.1-bandda ko’rsatilgan kafolatlangan mukofot; (b) Hamkorning hisobot davri uchun aylanmadan olinadigan jami mukofoti, unga 1.3–1.10-bandlarga muvofiq hisoblangan mukofot, Kompaniya bilan integratsiya qilingan uchinchi tomon platformalari va servislari orqali rasmiylashtirilgan Buyurtmalar uchun 1.8-bandga muvofiq hisoblangan mukofot hamda Topshiruvchi shaxslardan Buyurtmalar/Tovarlarni qabul qilganlik uchun ushbu Ilovaning 1.9-bandiga muvofiq hisoblangan mukofot kiradi.
1.1. Kafolatlangan mukofot. Kompaniya Hamkorga kafolatlangan to‘lovlarning butun davri davomida kafolatlangan oylik mukofot to‘laydi, uning miqdori BTP tegishli bo'lgan segmentga va Hamkor tomonidan hamkorlik dasturida ishtirok etish uchun ariza berilgan sanaga bog'liq:
| Segment | Ariza 01.09.2026 gacha berilgan, So’mda | Ariza 01.09.2026 dan boshlab berilgan, So’mda |
|---|---|---|
| TOSHKENT | 17 400 000 | 15 000 000 |
| YIRIK SHAHARLAR | 14 000 000 | 11 600 000 |
| BOSHQA SHAHARLAR | 11 400 000 | 9 000 000 |
Qo'llash qoidasi: Kafolatlangan mukofot miqdori Hamkor tomonidan hamkorlik dasturida ishtirok etish uchun ariza berilgan sanaga qarab belgilanadi va tegishli BTP bo'yicha kafolatlangan to'lovlar davri mobaynida qayta ko'rib chiqilmaydi. 2026-yil 1-sentyabrga qadar berilgan arizalar uchun BTPning haqiqiy ochilish sanasidan qat'i nazar «Ariza 01.09.2026 gacha berilgan» ustunidagi miqdorlar qo'llaniladi; 2026-yil 1-sentyabr va undan keyin berilgan arizalar uchun — «Ariza 01.09.2026 dan boshlab berilgan» ustunidagi miqdorlar. Ariza berilgan sana deb Hamkor arizasining Kompaniya tizimida (CRM/Bitrix) ro'yxatga olingan sanasi hisoblanadi.
1.2. Kafolatlangan mukofot davrining boshlanish va (yoki) tugash sanasi to’g’ri keladigan kalendar oyi uchun kafolatlangan mukofot shu oyning Kafolatlangan mukofot davriga to’g’ri keladigan kalendar kunlari soniga proportsional ravishda quyidagi formula bo’yicha to’lanadi: Oy uchun kafolatlangan mukofot = (1.1-bandga muvofiq qat’iy summa / tegishli kalendar oyidagi kalendar kunlari soni) × shu oyning Kafolatlangan mukofot davriga kiradigan kunlari soni. Kafolatlangan mukofot davriga to’liq kiradigan kalendar oylari uchun qat’iy summa proportsional qayta hisoblashsiz to’liq miqdorda to’lanadi.
1.3. Mukofotning o'zgaruvchan (foizli) qismi. Hamkorga hisobot oyi uchun berilgan buyurtmalar aylanmasidan foiz ko'rinishida mukofot hisoblanadi (joriy davr doirasida qaytarishlarni hisobga olgan holda). Foiz stavkasi segmentga qarab belgilanadi:
- 1-segment: aylanmadan 6%;
- 2-segment: aylanmadan 5%;
- 3-segment: aylanmadan 5%.
1.4. Mukofotni hisoblash maqsadida Hamkorning aylanmasini hisoblashda, tegishli hisobot oyida Hamkor tomonidan Xaridorlarga amalda berilgan Tovarlarning umumiy qiymati hisobga olinadi. Bunda Xaridorlarga taqdim etilgan chegirmalar (shu jumladan promokodlar) summasi chegirib tashlanadi, agar ularning qo'llanilishi Kompaniya daromadining kamayishiga olib kelgan bo'lsa.
1.5. Xaridorlarga to'lov undirmasdan berilgan Tovarlarning qiymati (aksiyalar doirasida "0" narxli tovarlar) bunday Tovarlarni berish paytida Kompaniya tomonidan belgilangan ularning to'liq chakana narxi bo'yicha muomalaga kiritiladi.
1.6. Bitta tovar berilganligi uchun hisoblanadigan mukofot miqdori 36 000 (o'ttiz olti ming) so'mdan oshmasligi kerak.
1.7. Sotib oluvchi Tovarni qaytarishni u Hamkor tomonidan berilganidan keyin rasmiylashtirgan taqdirda, bunday Tovarni berganlik uchun ilgari hisoblangan mukofot summasi Tovar qaytarilgan hisobot davrida hamkorning mukofot pulidan chegirib tashlanishi lozim.
1.8. Xaridorlar tomonidan Kompaniya bilan integratsiya qilingan uchinchi tomon platformalari va servislari orqali rasmiylashtirilgan hamda Hamkorning BTPsi orqali yetkazib beriladigan Buyurtmalarni topshirganlik uchun Hamkorning mukofoti Kompaniyaning hisob tizimi ma’lumotlariga muvofiq amalda topshirilgan har bir Buyurtma uchun 1 200 (bir ming ikki yuz) so’mni tashkil etadi. Mukofot Hamkor tomonidan tegishli Hisobot davrida amalda topshirilgan Buyurtmalar soniga asosan hisoblanadi va Kafolatlangan mukofot bilan 1-band bo’yicha solishtirish maqsadida, ushbu Ilovaning 1.3–1.7 va 1.9-bandlariga muvofiq hisoblangan mukofot bilan birga Hamkorning aylanmadan olinadigan mukofoti tarkibiga kiritiladi.
1.9. Topshiruvchi shaxslardan Buyurtmalar/Tovarlarni qabul qilganligi uchun Hamkorning mukofoti tegishli Hisobot davrida Kompaniyaning WMSida qabul qilingan va aks ettirilgan har bir Buyurtma/Tovar uchun 1 000 (bir ming) so’mni tashkil etadi hamda Kafolatlangan mukofot bilan ushbu Ilovaning 1-bandiga muvofiq solishtirish maqsadida, ushbu Ilovaning 1.3–1.8-bandlariga muvofiq hisoblangan mukofot bilan birga Hamkorning aylanmadan olinadigan mukofoti tarkibiga kiritiladi.
1.10. Bank kartalarini topshirganlik uchun Hamkorning Subagentlik mukofoti tegishli Hisobot davrida Kompaniyaning WMSida qabul qilingan va aks ettirilgan har bir muvaffaqiyatli topshirilgan bank kartasi uchun 6 000 (olti ming) so’mni tashkil etadi.
1.11. Bank kartalarini topshirganlik uchun Subagentlik mukofoti ushbu Ilovaning 1.1–1.9-bandlarida nazarda tutilgan mukofotga qo’shib hisoblanadi va Hamkorga tegishli Hisobot davri uchun yagona to’lov tarkibida to’lanadi.
2. Ushbu Ilovada ko'rsatilgan barcha mukofot summalari QQSsiz keltirilgan. Hamkor tomonidan hisobot hujjatlari (hisobvaraq-fakturalar, dalolatnomalar) taqdim etilganda va to'lovlar amalga oshirilganda, mukofot summasi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qo'shilgan qiymat solig'i miqdoriga oshiriladi.
3. Kompaniya Hamkorga tegishli mukofotni Hamkorning hisob raqamiga naqd pulsiz o'tkazish yo'li bilan to'laydi. To'lov Hamkor tomonidan EHA (Elektron hujjat aylanishi) tizimi orqali taqdim etilgan tegishli hisobot davri uchun hisobvaraq-faktura va bajarilgan ishlar dalolatnomasi Kompaniya tomonidan imzolangan sanadan boshlab 5 (besh) ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
4. Kompaniya ushbu Shartnoma yoki qonunchilikni bajarish munosabati bilan yuzaga kelgan Kompaniyaning Kompaniyadan pul talablari summasini (shu jumladan, zararlarni qoplash, jarimalar, neustoykalar va Kompaniyadan boshqa har qanday qarzlarni to'lash bo'yicha talablarni) Kompaniyaning akseptisiz bir tomonlama tartibda Kompaniyaga to'lanishi kerak bo'lgan mukofot pullaridan ushlab qolish (hisobga olish) huquqiga ega. Bunday hisobga olish haq to'lash muddatlari to'g'risidagi shartnoma shartlarini buzish hisoblanmaydi. Bunda, hisob-kitoblarni to'g'ri rasmiylashtirish maqsadida, Hamkor xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida Kompaniya manziliga ushlab qolingan summa uchun tuzatish hisobvaraq-fakturasini taqdim etish majburiyatini oladi.
5. Tezkor ochilish uchun kompensatsiya:
5.1. Kompensatsiya Shartnoma tuzilgan sanadan boshlab 25 (yigirma besh) kalendar kundan kechiktirmay Hamkor tomonidan BTP ochilgan taqdirda to‘lanadi.
5.2. Kompensatsiya miqdori Kompaniya tomonidan belgilanadi va bitta PVZ uchun 6 100 000 (olti million yuz ming) so‘mdan oshmasligi kerak.
5.3. Tezkor ochish uchun kompensatsiya Hamkorning ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mukofoti hisoblanmaydi va kompensatsiya xususiyatiga ega.
5.4. Tezkor ochilish uchun kompensatsiya to‘lash BTP ochilgan sanadan boshlab kamida bir oy davomida Shartnoma bo’yicha uzluksiz faoliyat yuritganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Hamkorlik shartnomasiga 3-ilova
"Jira Service Management" BILAN ISHLASH REGLAMENTI
1. Hujjatning maqsadi
Reglament "Jira Service Management"da tasdiqlangan ish jarayonini tavsiflaydi. "Jira Service Management"ga arizalar uskunalar/mebellarning buzilishi va uning javobgarlik doirasiga kiradigan hamda bartaraf etilishi lozim bo'lgan qoidabuzarliklar haqida Ijrochiga o'z vaqtida xabar berish imkonini beradi.
Agar Buyurtmachi uskunalar/mebellarning buzilganligini aniqlasa, u "Jira Service Management"ga ariza qoldirishi mumkin. Ijrochining buyurtmanomani bajarish muddati uning turiga bog'liq.
2. Hujjat tomonlari
Ijrochi - Hamkorning vakolatli shaxsi.
Buyurtmachi - Kompaniya xodimi (hududiy boshqaruvchi, BTP tarmog'ini rivojlantirish va boshqarish direktori, BTP tarmog'i bilan ishlash bo'yicha mutaxassis, sifat bo'limi menejeri, BTP administratori, BTPni ochish bo'yicha boshqaruvchi va boshqalar).
3. Talabnomalarning turlari va bajarish muddatlari
3.1. Yangi uskunalar/mebellarni sotib olish, yig'ish va o'rnatish uchun arizalarni bajarish muddati - 3 (uch) ish kuni.
Eslatma: istisno - agar fors-major holati yuz bersa, masalan, Xaridor eshik tutqichini sug'urib olsa va uni boshqa shahardan/do'kondan buyurtma qilish kerak bo'lsa. Bunda talabnomani bajarish muddati - 10 (o'n) ish kuni.
3.2. Pudratchiga murojaat qilish talab etiladigan Buyurtmani bajarish muddati - 10 (o'n) ish kuni.
Eslatma: agar pudratchi boshqa obyektda band bo'lsa, boshqasini yollash kerak.
3.3. BTP ishi va xavfsizligiga ta'sir etuvchi shoshilinch talabnomalar - vazifa qo'yilgan paytdan boshlab 1 (bir) ish kuni ichida.
Eslatma: ushbu turdagi ariza hatto dam olish kunida ham bajarilishi kerak.
3.4. BTP Administratoridan olingan arizani bajarish muddati - 3 (uch) ish kuni.
3.5. BTP uskunalari/mebellari buzilgan taqdirda, Ijrochi belgilangan muddatlarda qoidabuzarliklarni bartaraf etishi shart.
3.6. Ijrochiga bog'liq bo'lmagan holatlar bo'yicha buyurtmanomani bajarish uchun ko'proq vaqt talab qilinadigan vaziyatlarda muddatlarni o'zgartirish mumkin. Muddatni kechiktirish uchun HB/HMga murojaat qilish kerak. Buni oldindan - muddatidan 2 (ikki) ish kunidan kechiktirmay amalga oshirish kerak.
Hamkorlik shartnomasiga 4-ilova
SHAXSIY MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHGA TOPSHIRIQ SHARTNOMASI
Sheriklik shartnomasini (Oferta) qabul qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkor/yuridik shaxs, bundan buyon «Ishonch bildiruvchi» deb ataluvchi, bir tomondan, va «UZUM MARKET» mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona, «Vakil» deb ataluvchi, ikkinchi tomondan, birgalikda «Tomonlar» deb ataluvchilar, quyidagilar to'g'risida ushbu Shartnomani tuzdilar:
Shartnoma mavzusi
Ishonch bildiruvchi franshizali PVZning potensial ma'murlarining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashni topshiradi, Vakil esa o'z zimmasiga majburiyat oladi: operatsion o'qitish, PVZni ishga tushirishda qo'llab-quvvatlash va keyinchalik ishga joylashtirish uchun. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadi: https://franchise.uzum.uz/legal/ru/oferta.html manzilida joylashtirilgan Hamkorlik shartnomasi (Oferta) bo'yicha majburiyatlarni bajarish.
Lokalizatsiya va saqlash. Tomonlar O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiy ma'lumotlarini to'plash, tizimlashtirish va saqlash O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ma'lumotlar bazalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini tasdiqlaydilar.
2. Vakilning huquq va majburiyatlari
2.1.1. Shartnoma shartlariga va amaldagi texnik reglamentlarga rioya qilgan holda topshiriqni o'z vaqtida va sifatli bajarish.
2.1.5. O'zbekiston Respublikasining O'RQ-547-son Qonuni va OMQ 570-son qaroriga muvofiq olingan ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha barcha zarur choralarni ko'rish.
2.1.7. Shaxsiy ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga faqat Ishonch bildiruvchining oldindan yozma roziligi bilan berish.
2.1.8. Shartnomaning amal qilishi to'xtatilgandan so'ng 5 ish kuni ichida barcha axborot tashuvchilarni qaytarish va shaxsiy ma'lumotlar nusxalarini yo'q qilish.
4. Tomonlarning javobgarligi
4.3. Muhim shart: Ishonch bildiruvchi Vakilning harakatlari uchun shaxsiy ma'lumotlar subyektlari oldida xuddi o'zinikidek javob beradi. Ishonch bildiruvchi javobgarlikka tortilgan taqdirda, Vakil barcha ko'rilgan zararlar, jarimalar va sud xarajatlarini to'liq hajmda to'lashi shart (regress).
6. Korrupsiyaga qarshi ogohlantirish
6.2. Ushbu Shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarishda Tomonlar pora berish va/yoki olish, tijorat poraxo'rligi yoki jinoiy yo'l bilan olingan daromadlarni legallashtirishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirmaslik majburiyatini oladilar.
6.4. Buzilish aniqlanganda — 3 ish kuni ichida boshqa Tomonni xabardor qilish. Murojaat uchun: compliance@uzum.com
8. Boshqa shartlar
8.1. Shartnoma Ishonch bildiruvchi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
8.3. Tomonlardan har biri bunday rad etish sanasidan kamida 10 kalendar kun oldin yozma xabarnoma yuborish orqali Shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli.
8.5. Nizolar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida hal etiladi.
9. Vakilning rekvizitlari
«UZUM MARKET» MCHJ XK | STIR: 309376127 | IFUT: 62090 | H/r: 20208000005504983001 | Bank: «Kapitalbank» AT, MFO: 00974 | Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyog'och ko'chasi, 132a-uy
Shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berish bo'yicha topshiriq shartnomasiga 1-ilova
So'rovlarga javob berish muddatlari
| T/r | So'rov turi | Muddat |
|---|---|---|
| 1 | Shaxsiy ma'lumotlarni aniqlashtirish uchun so'rov | 3 ish kuni |
| 2 | Bloklash so'rovi | 3 ish kuni |
| 3 | Yo'q qilish uchun so'rov | 1 ish kuni |
Hamkorlik shartnomasiga 5-ilova
UZUM MARKET» MChJ XK HAMKORLIK SHARTNOMASIGA (OFERTAGA)
«UZUM BANK» AJ BANK KARTALARINI TARQATISH VA TOPSHIRISH BO’YICHA TO’LOV SUBAGENTI FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHNING MAXSUS SHARTLARI
Ushbu Maxsus shartlar «UZUM MARKET» MChJ XK Hamkorlik shartnomasining (Ofertaning) ajralmas qismi hisoblanadi va Hamkorni «UZUM BANK» AJ nomidan bank kartalarini tarqatish va topshirish bo’yicha to’lov xizmatini ko’rsatish uchun Kompaniyaning to’lov subagenti sifatida jalb qilish tartibini tartibga soladi.
Maxsus shartlar barcha Hamkorlarga ular Hamkorlik shartnomasini (Ofertani) aksept qilgan paytdan boshlab qo’llaniladi. Ushbu Maxsus shartlarga alohida qo’shilish, ariza yoki boshqa aksept talab etilmaydi.
Hamkorlik shartnomasini (Ofertani) aksept qilish Kompaniya (to’lov agenti sifatida) bilan Hamkor (to’lov subagenti sifatida) o’rtasida ushbu Ilova shartlarida subagentlik shartnomasi tuzilganligini bildiradi. Bunda to’lov subagenti maqomining mavjudligi Hamkorga tegishli BTP faollashtirilgunga qadar Bank kartalarini topshirish huquqini bermaydi.
Muayyan BTPda to’lov xizmatlarini ko’rsatishga faqat ulanish shartlari bajarilgandan, zarur ma’lumotlar reyestrga kiritilgandan va Hamkor tegishli BTPni faollashtirish to’g’risida Kompaniyaning alohida xabarnomasini olgandan so’ng yo’l qo’yiladi.
1. ATAMALAR VA UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ushbu Maxsus shartlar Kompaniya tomonidan Kompaniya va «UZUM BANK» Aksiyadorlik jamiyati o’rtasida 2024 yil 06 sentyabrda tuzilgan № DK-001 Agentlik shartnomasi bo’yicha majburiyatlarni bajarish maqsadida belgilangan. Bank ushbu Shartnomaning tomoni hisoblanmaydi, biroq Hamkor Shartnomada nazarda tutilgan to’lov xizmatini Bank nomidan ko’rsatadi va Kompaniya tomonidan unga yetkazilgan Bankning majburiy talablariga rioya qilishi shart.
1.2. Maxsus shartlarda quyidagi atamalar qo’llaniladi:
Konvert — Bank kartasi va unga ilova qilingan materiallarni o’z ichiga olgan, ochilgan yoki shikastlangan faktini vizual aniqlash imkonini beruvchi muhrlangan to’plam.
To’lov subagentining xodimi (TSX) — Hamkor bilan mehnat munosabatlarida bo’lgan, o’qitish va sinovdan o’tgan, ruxsat berilgan xodimlar ro’yxatiga kiritilgan va Dasturda shaxsiy hisob yozuvidan foydalanadigan Hamkorning xodimi. Yakka tartibdagi tadbirkor uchun TSX Hamkorning o’zi bo’lishi mumkin.
Dastur — Bank yoki Kompaniya tomonidan taqdim etilgan, TSX Mijozning arizasi to’g’risida zarur bo’lgan minimal ma’lumotni oladigan, Autentifikatsiya va Verifikatsiyani amalga oshiradigan hamda Bankka nazarda tutilgan fotosuratlar va holatlarni uzatadigan dasturiy ta’minot.
ShTH — Mijozning shaxsini tasdiqlovchi amaldagi hujjat: O’zbekiston Respublikasi rezidentining ID-kartasi, biometrik pasport, O’zbekiston Respublikasi rezidentining xorijiy pasporti, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi, xorijiy fuqaroning pasporti, xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxsning identifikatsion ID-kartasi, shuningdek Bank va qonunchilik tomonidan to’g’ridan-to’g’ri ruxsat etilgan boshqa hujjat.
Raqamli hujjat — Mijoz tomonidan MyGov mobil ilovasi orqali ochilgan va Bank tomonidan Bank kartasini topshirish maqsadida qabul qilinadigan amaldagi elektron hujjat.
Autentifikatsiya — Mijozni ShTH yoki Raqamli hujjatdagi tasvir bilan vizual taqqoslash hamda F.I.Sh., PINFL va boshqa ma’lumotlarni Mijozning arizasi bilan solishtirish orqali uning shaxsini tekshirish.
Verifikatsiya — arizaning haqqoniyligini, uning Mijozga mosligini, taqdim etilgan hujjatning haqiqiyligini tasdiqlash hamda, agar Bank jarayonida nazarda tutilgan bo’lsa, bir martalik parol (OTP) orqali tasdiqlash bo’yicha harakatlar majmui.
OTP — Bank tomonidan Mijozning mobil raqamiga yuboriladigan va faqat bitta tasdiqlash seansi uchun ishlatiladigan bir martalik kod.
Muvaffaqiyatli topshirilgan karta — Mijozning Autentifikatsiya va Verifikatsiyadan lozim darajada o’tishidan, Bank nazarda tutgan harakatlar (agar Bank jarayonida nazarda tutilgan bo’lsa, OTP orqali tasdiqlash va fotoqayd qilishni ham qo’shgan holda) bajarilishidan, Dasturga zarur ma’lumot va materiallar yuklanishidan hamda operatsiyaga Kompaniya va (yoki) Bankning axborot tizimida muvaffaqiyatli yakuniy holat berilishidan so’ng Hamkor tomonidan Faollashtirilgan BTPda bevosita Mijozga topshirilgan Bank kartasi.
Ko’rsatmalar — ushbu Maxsus shartlar, ularning ilovalari, texnik va operatsion reglamentlar, axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoya qilish bo’yicha talablar, shuningdek Bank va Kompaniyaning rasmiy kanallar orqali Hamkorga yuborilgan majburiy ko’rsatmalari.
Xizmatlar — Hamkorning Ofertaning 4-bo’limida sanab o’tilgan, Bank kartalarini realizatsiya qilishdagi ishtirokiga oid harakatlari.
Hisobot davri — kalendar oyi.
1.3. Maxsus shartlar matni bilan topshirish, identifikatsiya, ma’lumotlarni himoya qilish tartibi va Bank talablariga oid Ko’rsatmalar o’rtasida ziddiyat yuzaga kelganda, Kompaniya yozma ravishda boshqacha tartib bildirmagan bo’lsa, xavfsizlik va nazoratning yuqori darajasini belgilaydigan hujjat qo’llaniladi.
1.4. Hamkor o’zining faoliyati, tashkiliy-huquqiy shakli, ro’yxatga olish hujjatlari, xodimlari, xonasi va texnik vositalari Shartnomani lozim darajada bajarishga imkon berishini tasdiqlaydi.
2. HUQUQIY MAQOM VA VAKOLATLAR CHEGARASI
2.1. Hamkor Bank kartalarini realizatsiya qilish va topshirish bilan bog’liq to’lov xizmatini Bank nomidan ko’rsatish uchun Kompaniya tomonidan to’lov subagenti sifatida jalb qilinadi.
2.2. Hamkor faqat Shartnoma doirasida faoliyat yuritadi va o’zini bank, Bankning filiali, kredit tashkiloti yoxud mustaqil bank mahsuloti taqdim etuvchisi sifatida taqdim etishga haqli emas.
2.3. Hamkor to’lov subagenti sifatida quyidagilarga haqli emas:
— Bank kartasini chiqarish, hisob ochish, Mijozni ma’qullash yoki mahsulot shartlarini o’zgartirish to’g’risida qaror qabul qilish;
— Bank nomidan bank xizmati ko’rsatish shartlarini o’zgartirish, to’ldirish yoki talqin qilish;
— Bank nomidan bank xizmati ko’rsatish shartlarini o’zgartirish, to’ldirish yoki talqin qilish;
— Bank kartasini topshirganlik uchun Mijozdan pul, komissiya, mukofot, sovg’a yoki boshqa har qanday o’zaro taqdim etishni olish;
— Bank kartasining PIN-kodini, ilovalar parollarini, hisobning to’liq rekvizitlarini yoxud Ko’rsatmalarda nazarda tutilmagan boshqa ma’lumotlarni olish, so’rash yoki qayd etish;
— Xizmatlarni ko’rsatishga uchinchi shaxslarni, subsubagentlarni, o’zini o’zi band qilgan shaxslarni, fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo’yicha ishlovchilarni yoki ruxsat berilgan TSX ro’yxatiga kiritilmagan shaxslarni jalb qilish;
— Shartnoma bo’yicha huquq va majburiyatlarni uchinchi shaxslarga o’tkazish.
2.4. Kompaniya Bank oldida agentlik shartnomasini bajarish uchun javobgarligini saqlab qoladi. Hamkor esa o’z navbatida Kompaniya oldida o’zining harakatlari va harakatsizligi, shuningdek TSX va u Konvertlar, ma’lumotlar, Dastur yoki BTP xonalariga kirish huquqi bergan boshqa shaxslarning harakatlari va harakatsizligi uchun to’liq javobgar hisoblanadi.
2.5. Bank bilan Kompaniya o’rtasidagi agentlik shartnomasi maxfiy hisoblanadi va Hamkorga berilishi mumkin emas. Ko’rsatilgan shartnomadan kelib chiqadigan Hamkor uchun majburiy barcha talablar Oferta, uning ilovalari va Ko’rsatmalarda aks ettiriladi.
3. BTPNI ULASH VA FAOLLASHTIRISH
3.1. Ofertani aksept qilgan har bir Hamkor avtomatik ravishda to’lov subagenti maqomini oladi. Muayyan BTPni faollashtirish uchun Hamkor bir vaqtning o’zida quyidagi talablarga javob berishi lozim:
— Kompaniya bilan hamkorlik BTPsini tashkil etish va ekspluatatsiya qilish bo’yicha amaldagi shartnomaga ega bo’lishi;
— O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor bo’lishi;
— Kompaniyaga tekshirish va Bankka uzatish uchun zarur bo’lgan haqqoniy ma’lumot va hujjatlarni taqdim etgan bo’lishi;
— tugatish, faoliyatni to’xtatish yoki bankrotlik jarayonida bo’lmasligi va Xizmatlarni ko’rsatishga to’sqinlik qiluvchi cheklovlarga ega bo’lmasligi.
3.2. Ofertani aksept qilgan paytdan boshlab Hamkor avtomatik ravishda to’lov subagenti maqomini oladi va ushbu Maxsus shartlar hamda ularga barcha ilovalarni to’liq va hech qanday istisno yoki ogovorkasiz qabul qiladi.
3.3. Subagentlik shartnomasi Hamkorlik shartnomasi (Oferta) bilan bir vaqtda, uni Hamkor tomonidan aksept qilingan sanada tuzilgan hisoblanadi. Subagentlik shartnomasi tuzilgan joy — Toshkent shahri.
3.4. Har bir BTP alohida faollashtiriladi. Xizmatlar ko’rsatilishi boshlanishidan oldin quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan bo’lishi lozim:
— Kompaniya va Bank Hamkor va tegishli BTPni tekshirishni yakunlagan bo’lishi;
— Hamkor va BTP Bank tomonidan to’lov subagentlari va xizmat ko’rsatish joylari reyestriga kiritilgan bo’lishi yoxud Bank ishni boshlash imkoniyatini boshqa yozma tarzda tasdiqlagan bo’lishi;
— Kompaniya BTP va TSX to’g’risida zarur ma’lumotlarni olgan bo’lishi, Bank/Kompaniya esa TSX uchun shaxsiy hisob yozuvlarini yaratgan bo’lishi;
— TSX o’qitish va sinovdan o’tgan bo’lishi, natijalar Kompaniya tomonidan tasdiqlangan bo’lishi;
— BTP Konvertlarni saqlash, texnik vositalar, aloqa, axborot xavfsizligi va videokuzatuv talablariga javob berishi.
3.5. Kompaniya yoki Bankning jim turishi, Hamkor tomonidan hujjatlarning topshirilishi, TSXning o’qitilishi, Konvertlarning yetkazib berilishi yoxud Dasturning texnik jihatdan mavjudligi o’z-o’zidan BTPni faollashtirish hisoblanmaydi.
3.6. Kompaniya Bankning, davlat organining, qonunchilikning, axborot xavfsizligining talablariga ko’ra yoki tekshiruv natijalariga asosan, Bankning maxfiy mezonlarini oshkor qilish majburiyatisiz, faollashtirishni rad etish, faollashtirilgan BTP yoki TSX ro’yxatini cheklash yoxud faollashtirishni kechiktirish huquqiga ega.
3.7. Hamkor manzil, ish tartibi, rekvizitlar, rahbar, egalar, kontakt ma’lumotlar, BTP holati yoki TSX tarkibining o’zgarishi to’g’risida bir ish kunidan kechiktirmay Kompaniyani xabardor qilishi shart. O’zgarishlar tasdiqlanguncha Kompaniya Xizmatlarni to’xtatib turish huquqiga ega.
4. SHARTNOMA PREDMETI VA XIZMATLAR TARKIBI
4.1. Hamkor Mukofot evaziga va Kompaniyaning topshirig’iga ko’ra, faqat Faollashtirilgan BTPlarda Bank nomidan quyidagi Xizmatlarni ko’rsatish majburiyatini oladi:
— Kompaniyadan Konvertlarni akt yoki elektron reyestr bo’yicha qabul qilish, sonini, manzilini va butligini tekshirish;
— Konvertlarning Mijozga topshirilgunga yoki Kompaniyaga qaytarilgunga qadar mas’uliyatli saqlanishini ta’minlash;
— Mijozni ShTH yoki Raqamli hujjat va OTP orqali Autentifikatsiya va Verifikatsiya qilish;
— Mijozning, ShTH/Raqamli hujjatning va Bank kartasining Bank nazarda tutgan fotoqaydini faqat Dastur orqali amalga oshirish;
— Konvertni Mijozga faqat majburiy tekshiruvlar muvaffaqiyatli bajarilgandan so’ng topshirish;
— Dasturning himoyalangan kanallari orqali topshirishni yakunlash uchun zarur fotosuratlar, ma’lumotlar va holatlarni Bankka uzatish;
— talab qilinmagan, shikastlangan yoki qaytarilishi lozim bo’lgan Konvertlarni saqlash va qaytarish;
— operatsiyalar bo’yicha Kompaniya va Bankka hisobot, tushuntirish va hujjatlarni taqdim etish.
4.2. Xizmatlar Mijoz uchun bepul ko’rsatiladi. Hamkor Bank kartasini topshirishni tovar sotib olish, Uzum Marketda buyurtma rasmiylashtirish, boshqa xizmatlar uchun to’lov, reklamaga rozilik berish yoxud Bank jarayonida nazarda tutilmagan boshqa har qanday harakatni bajarish bilan shartlash huquqiga ega emas.
4.3. Bankning boshqa mahsulotlarini ilgari surish, konsultatsiya berish, reklama tadbirlari va kross-savdolarni o’z ichiga olgan qo’shimcha xizmatlarga faqat Kompaniyaning alohida yozma topshirig’i va kelishilgan materiallar asosida yo’l qo’yiladi.
4.4. Faollashtirilgan BTPlarning, ruxsat berilgan TSXning va mavjud funksiyalarning aniq ro’yxati Kompaniya va Bankning elektron tizimlari tomonidan belgilanadi hamda Shartnomada nazarda tutilgan tartibda cheklanishi yoki o’zgartirilishi mumkin.
5. XIZMATLARNI KO’RSATISH TARTIBI
5.1. Hamkor Xizmatlarni Maxsus shartlarga 2-ilovaning ketma-ketligi va qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda ko’rsatadi. Chetga chiqishga faqat Kompaniya yoki Bankning yozma ko’rsatmasi asosida yo’l qo’yiladi.
5.2. Konvertlarni qabul qilishda TSX ularning sonini, markirovkasini, BTPga mosligini hamda ochilish yoki shikastlanish alomatlari yo’qligini tekshirishi shart. Nomuvofiqliklar qabul qilish tasdiqlanguniga qadar darhol qayd etiladi.
5.3. Konvertlar buyurtmalar va boshqa mol-mulkdan alohida, yopiladigan shkaf, seyf yoki boshqa kelishilgan himoyalangan joyda saqlanadi. Kirish faqat ruxsat berilgan TSXga beriladi. Hamkor har bir Konvertning harakatini hisobga oladi.
5.4. Topshirishdan oldin TSX ariza mavjudligini aniqlashi, Mijozni ShTH yoki Raqamli hujjat bilan solishtirishi, ariza ma’lumotlarini tekshirishi, mavjud bo’lsa OTP olishi hamda Dasturda ko’rsatiladigan boshqa tekshiruvlarni bajarishi shart.
5.5. Hujjatning haqiqiyligi yoki asliligiga shubha tug’ilganda, shaxs, ma’lumotlar yoki ariza mos kelmaganda, OTP bo’lmaganda, Mijoz nazarda tutilgan fotoqayddan bosh tortganda yoxud majburiy tekshiruvlarni yakunlashning texnik imkoni bo’lmaganda Konvert topshirilmaydi. TSX tizimda rad etishning to’g’ri sababini tanlaydi va Ko’rsatmaga muvofiq harakat qiladi.
5.6. Muvaffaqiyatli Autentifikatsiya va Verifikatsiyadan so’ng TSX Mijozga Konvertni topshiradi va Bank nazarda tutgan Bank kartasi bilan fotoqaydni darhol yakunlaydi hamda materiallarni Dasturga yuklaydi. Topshirish faqat operatsiyaga tizimda muvaffaqiyatli holat berilgandan so’ng yakunlangan hisoblanadi.
5.7. TSXga Konvertni Mijoz o’rniga ochish, Bank kartasini chiqarib olish yoki faollashtirish, Mijozdan PIN-kod, parol yoki rekvizitlarni aytib berishni so’rash, shuningdek Bank kartasidan har qanday operatsiyalar uchun foydalanish taqiqlanadi.
5.8. Kompaniya boshqa muddat belgilamagan bo’lsa, talab qilinmagan Konvert BTPda kelib tushgan sanadan boshlab 30 kalendar kun saqlanadi. Muddat tugagach, Konvert belgilangan muddatda akt/reyestr bo’yicha Kompaniyaga topshiriladi.
5.9. Ochilish, shikastlanish, manzil yoki ma’lumotlarga mos kelmaslik alomatlari bo’lgan Konvert topshirilmaydi hamda Ko’rsatmaga muvofiq ajratilishi va qaytarilishi lozim. Hamkor bu haqda Kompaniyani darhol xabardor qiladi.
5.10. Texnik nosozlik yuz berganda TSX topshirishni to’xtatadi va qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiladi. Dasturni chetlab o’tish, ma’lumot va fotosuratlarni shaxsiy qurilmaga qayd etish yoxud topshirishni belgilangan jarayondan tashqarida yakunlash taqiqlanadi.
6. HAMKORNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
6.1. Hamkor majburiyatiga oladi:
— Oferta, Ko’rsatmalar va Bank talablariga har bir TSX tomonidan rioya qilinishini ta’minlash;
— Xizmatlarga faqat tasdiqlangan ro’yxatga kiritilgan, o’qitilgan va o’z hisob yozuvidan foydalanadigan xodimlarni jalb qilish;
— hisob ma’lumotlarini uzatish, hisob yozuvlaridan birgalikda foydalanish yoki begona shaxslarning Dasturga kirishiga yo’l qo’ymaslik;
— Konvertlar, qurilmalar, loginlar, xizmat ma’lumotlari, shaxsiy ma’lumotlar va bank sirining saqlanishini ta’minlash;
— Mijozlar uchun majburiy axborotni joylashtirish va uni dolzarb holatda saqlash;
— Kompaniya va Bankka tekshiruvlar uchun kirish imkoniyatini, hujjatlarni, videoyozuvlarni, jurnallarni va tushuntirishlarni belgilangan muddatda taqdim etish;
— yo’qolish, shikastlanish, noto’g’ri topshirish, firibgarlikka shubha, shikoyat, davlat organi so’rovi va axborot xavfsizligi hodisasi to’g’risida darhol xabar berish;
— Shartnoma to’xtatib turilgan yoki tugatilgan taqdirda Konvertlar, qurilmalar va materiallarning qaytarilishini ta’minlash;
— hamkorlik BTPsini tashkil etishga oid asosiy shartnomani amalda saqlash va uning Ofertaga zid kelmaydigan talablariga rioya qilish;
— Mukofotni olish bilan bog’liq soliqlar va majburiy to’lovlarni mustaqil ravishda to’lash.
6.2.Hamkor huquqiga ega:
— Kompaniya belgilagan hajmda Ko’rsatmalar, o’qitish va texnik yordam olish;
— lozim darajada ko’rsatilgan va tasdiqlangan Xizmatlar uchun Mukofot olish;
— jarayonni yaxshilash bo’yicha takliflar kiritish va hisobot ma’lumotlariga belgilangan muddatda e’tiroz bildirish;
— 14-bo’limda nazarda tutilgan tartibda Shartnomani bekor qilish.
7. KOMPANIYANING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI HAMDA BANKNING NAZORATI
7.1. Kompaniya majburiyatiga oladi:
— Hamkorni ulash uchun zarur bo’lgan Bank bilan hamkorlikni tashkil etish;
— Hamkorga Konvertlar va mavjud Ko’rsatmalarni topshirish;
— TSXni o’qitish/sinovdan o’tkazishni tashkil etish va Hamkorni jarayondagi o’zgarishlar to’g’risida xabardor qilish;
— ko’rsatilgan Xizmatlar to’g’risida ma’lumotlarni shakllantirish va 1-ilovada nazarda tutilgan tartibda Mukofotni to’lash;
— Hamkorga uzatiladigan ma’lumotlarni Xizmatlarni ko’rsatish uchun zarur bo’lgan hajm bilan cheklash.
7.2. Kompaniya huquqiga ega:
— BTP va TSXning rejali va rejadan tashqari, joyida hamda masofaviy tekshiruvlarini, jumladan nazorat murojaatlarini o’tkazish;
— hujjatlar, ma’lumotlar, kirish jurnallari, foto, videoyozuvlar va yozma tushuntirishlarni so’rash;
— alohida TSX, BTP yoki Hamkorning ishini to’xtatib turish, kirish huquqini bekor qilish va topshirishni darhol to’xtatishni talab qilish;
— Shartnoma buzilgan holda ko’rsatilgan Xizmatlar uchun to’lovdan bosh tortish hamda qoplanishi lozim bo’lgan summalarni ushlab qolish/zachyot qilish;
— Bank, qonunchilik, regulyator yoki axborot xavfsizligi talablariga ko’ra Ko’rsatmalar va texnik jarayonni o’zgartirish;
— Bankka va vakolatli davlat organlariga qonunchilikni va agentlik shartnomasini bajarish uchun zarur bo’lgan hajmda Hamkor, BTP, TSX va ko’rsatilgan Xizmatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni uzatish.
7.3. Hamkor Bankning mustaqil ravishda yoki Kompaniya bilan birgalikda Hamkor va TSXning Shartnoma bilan bog’liq faoliyatini tekshirishga, BTP, hujjatlar va tizimlarga zarur hajmda kirish huquqiga ega bo’lishga hamda qoidabuzarliklarni bartaraf etishni talab qilishga haqli ekanligini tasdiqlaydi va bunga rozilik bildiradi.
7.4. Hamkor, agar operatsiyalarning davom etishi Mijozlar, Bank, Kompaniya yoxud to’lov tizimi uchun xavf tug’dirishi mumkin bo’lsa, sababidan qat’i nazar, xabarnomani olgan paytdan boshlab Bank yoki Kompaniyaning topshirishni to’xtatib turish to’g’risidagi talabini darhol bajarishi shart.
8. SHAXSIY MA’LUMOTLAR, BANK SIRI VA AXBOROT XAVFSIZLIGI
8.1. Hamkor Mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarini va bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni faqat Bank/Kompaniyaning topshirig’i va manfaati yo’lida, Shartnoma, 3-ilova va Dasturda aks ettirilgan jarayonda nazarda tutilgan hajm va maqsadlarda qayta ishlaydi.
8.2. Hamkor Mijozlar to’g’risidagi ma’lumotlardan mustaqil foydalanish huquqini olmaydi va ulardan reklama, tahlil, mijozlar bazasini shakllantirish, topshirishdan keyin Mijoz bilan aloqa qilish yoki boshqa har qanday maqsadlar uchun foydalanishga haqli emas.
8.3. Hamkor TSXda maxfiylik to’g’risidagi yozma majburiyatlar mavjudligini ta’minlaydi, brifing o’tkazadi, kirish huquqini farqlaydi hamda qonunchilik, Ko’rsatmalar va 3-ilovada nazarda tutilgan tashkiliy va texnik himoya choralarini qo’llaydi.
8.4. Fotosuratga olish va materiallarni uzatishga faqat kelishilgan qurilmada Dastur orqali onlayn rejimida yo’l qo’yiladi. Lokal nusxalar yaratish, skrinshotlar olish, messenjerlar/elektron pochta orqali yuborish, galereyada, bulutda yoki shaxsiy qurilmada saqlash taqiqlanadi.
8.5. Hodisa, qurilmaning yo’qolishi, hisob yozuvining buzilishi, ruxsatsiz kirish, xato uzatish yoki oshkor qilish to’g’risida Hamkor Kompaniyani aniqlangan paytdan boshlab bir soatdan kechiktirmay favqulodda kanal orqali xabardor qiladi va keyinchalik uning ko’rsatmalariga muvofiq harakat qiladi.
8.6. Bank siri, shaxsiy ma’lumotlar va maxfiylik bo’yicha majburiyatlar, agar qonunchilikda boshqa muddat belgilanmagan bo’lsa, Shartnoma tugatilgandan keyin muddatsiz saqlanadi.
9. MUKOFOT VA HISOB-KITOBLAR
9.1. Subagentlik mukofotining miqdori, uni hisoblash, hujjatlashtirish va to’lash tartibi Shartnomaga 2-ilovada belgilanadi. Subagentlik mukofoti tegishli operatsiyaga Kompaniya va (yoki) Bankning axborot tizimida muvaffaqiyatli yakuniy holat berilgan sanada amalda bo’lgan tarif bo’yicha ko’rsatilgan Xizmatlar uchun hisoblanadi.
9.2. Hisob-kitoblar uchun Kompaniya va Bankning axborot tizimlari ma’lumotlari, jumladan operatsiyaning noyob raqami, BTP, TSX, sana, vaqt va yakuniy holat ustuvor hisoblanadi.
9.3. Quyidagi Xizmatlar to’lovga tegishli emas:
— Mijozga topshirilmagan va Kompaniyaga qaytarilmagan Konvertlar bo’yicha;
— nomunosib shaxsga, majburiy Autentifikatsiya, Verifikatsiya, OTP yoki fotoqaydsiz topshirilganda;
— Hamkor yoki TSXning aybi bilan Konvert shikastlangan, ochilgan yoki yo’qolgan taqdirda;
— muvaffaqiyatli yakuniy holat yoxud yetarli tasdiqlovchi ma’lumot mavjud bo’lmaganda;
— faollashtirilmagan BTP yoki ruxsat berilmagan TSX tomonidan ko’rsatilgan;
— Bank yoki Kompaniya tekshiruvi natijalariga ko’ra haqiqiy emas deb topilgan.
9.4. Kompaniya ko’rsatilgan Xizmatlar to’g’risida oylik hisobot yoki reyestr shakllantiradi. Hamkor uni olgandan so’ng 5 (besh) ish kuni ichida tasdiqlovchi hujjatlar bilan asoslangan e’tirozlarni yuborishga haqli. Belgilangan muddatda e’tirozlar bo’lmasa, hisobot yoki reyestr kelishilgan hisoblanadi va subagentlik mukofotini hisoblash uchun ishlatiladi.
9.5. Subagentlik mukofoti BTPni tashkil etish va ekspluatatsiya qilish bo’yicha majburiyatlarni bajarganlik uchun mukofot bilan birga Shartnomaga 2-ilovada nazarda tutilgan tartib va muddatlarda yagona to’lov tarkibida Hamkorga to’lanadi. Bajarilgan ishlar aktida va elektron hisob-fakturada Bank kartalarini topshirganlik uchun subagentlik mukofoti alohida qatorda ko’rsatiladi.
9.6. Subagentlik mukofoti miqdoriga Hamkorning Xizmatlarni ko’rsatish bilan bog’liq barcha xarajatlari, jumladan xodimlar, xona, aloqa, jihoz va xavfsizlik talablarini bajarish xarajatlari kiradi, bundan Kompaniya alohida qoplashga to’g’ridan-to’g’ri majburiyat olgan xarajatlar mustasno. Qo’shilgan qiymat solig’i Shartnomaga 2-ilovaning 2-bandida nazarda tutilgan tartibda hisoblanadi.
9.7. Hamkorning qarzdorligi summalarini, zararlarni, yo’qolgan yoki shikastlangan Konvertlar qiymatini va Kompaniyaning boshqa pul talablarini ushlab qolish va zachyot qilish Shartnomaga 2-ilovaning 4-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
10. JAVOBGARLIK
10.1. Shartnomani bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun Tomonlar Shartnoma va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo’ladilar.
10.2. Hamkor Kompaniyaga, Hamkor yoki TSX tomonidan Shartnomaning buzilishi natijasida yuzaga kelgan, hujjatlar bilan tasdiqlangan zararlar va xarajatlarni, jumladan Bankka yoki Mijozlarga to’langan summalarni, kartani qayta chiqarish va yetkazib berish xarajatlarini, ma’lumotlar va tizimlarni tiklashni, hodisani tergov qilishni, huquqiy himoyani va davlat organlari talablarini bajarish xarajatlarini to’liq hajmda qoplab beradi.
10.3. Hamkor xususan quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
— Konvertni nomunosib shaxsga yoxud majburiy tekshiruvsiz topshirish;
— Konvertni qabul qilingan paytdan Kompaniyaga/Mijozga topshirilgunga qadar yo’qotish, yetishmovchilik, ochish yoki shikastlash;
— shaxsiy ma’lumotlar va bank siriga noqonuniy kirish, ularni nusxalash, saqlash, uzatish yoki oshkor qilish;
— begona hisob yozuvi, shaxsiy qurilma yoki ruxsat etilmagan dasturiy ta’minotdan foydalanish;
— Mijozdan haq undirish, xizmatlarni majburlab taklif qilish yoki noto’g’ri ma’lumot berish;
— hodisa, shikoyat yoxud davlat organi so’rovi to’g’risida o’z vaqtida xabar bermaslik;
— Hamkor tomonidan BTP, qurilmalar, Konvertlar yoxud ma’lumotlarga ruxsat berilgan shaxslarning harakatlari.
10.4. Operatsiya bo’yicha Mukofotning to’langanligi Kompaniyaning keyinchalik tekshiruv o’tkazish, operatsiya holatini o’zgartirish, asossiz to’langan summani qaytarishni va zararlarning qoplanishini talab qilish huquqini cheklamaydi.
10.5. Kompaniya, agar boshqacha holat Kompaniyaning aybli buzilishi bilan bog’liq bo’lmasa, Bankning kartani chiqarish/topshirishni rad etish, mahsulotni bloklash, bank shartlarini o’zgartirish, Bank tizimlarining texnik ishlari yoki Mijozning harakatlari bo’yicha qarorlari uchun javobgar hisoblanmaydi.
11. HODISALAR, SHIKOYATLAR VA MIJOZLAR BILAN O’ZARO HAMKORLIK
11.1. Firibgarlikka, hujjatning qalbakilashtirilishiga, nomunosib shaxsga topshirishga, Konvertning yo’qolishi/shikastlanishiga, Mijoz bilan nizoga, shikoyatga, davlat organining tashrifi yoki so’roviga, nosozlik yoxud xavfsizlik hodisasiga shubha tug’ilganda Hamkor tegishli operatsiyani darhol to’xtatishi va Kompaniyani xabardor qilishi shart.
11.2. TSX Mijozga faqat skriptlar va Ko’rsatmalarda nazarda tutilgan ma’lumotni yetkazishga haqli. Tariflar, hisob, faollashtirish, bloklash, kreditlash, Bankka nisbatan da’volar va boshqa bank masalalari bo’yicha Mijoz Bankning rasmiy kanallariga yo’naltiriladi.
11.3. Hamkor Bank yoki Kompaniya nomidan talablarni tan olmaydi, sulh bitimlari tuzmaydi, to’lov yoki kompensatsiya va’da qilmaydi hamda darhol taqdim etish qonun bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri majburiy bo’lgan hollar bundan mustasno, Kompaniyani oldindan xabardor qilmasdan davlat organiga Bank/Kompaniyaga oid ma’lumot bermaydi.
11.4. Hamkor hodisaga oid hujjatlar, elektron izlar va videoyozuvlarni saqlaydi, ularni o’zgartirmaydi hamda so’rovda ko’rsatilgan muddatda ularning nusxalarini Kompaniyaga taqdim etadi.
12. MAXFIYLIK
12.1. Shartnoma, Bank/Kompaniya jarayonlari, Mijozlar, Konvertlar, tariflar, operatsiyalar, dasturiy ta’minot, himoya choralari, hujjatlar va tekshiruvlar to’g’risidagi ommaga oshkor bo’lmagan har qanday ma’lumot maxfiy hisoblanadi.
12.2. Hamkor maxfiy ma’lumotdan faqat Shartnomani bajarish uchun foydalanadi, unga faqat ruxsat berilgan TSXga zarur bilim tamoyili asosida kirish imkonini beradi va qonunchilik bo’yicha majburiy hollar bundan mustasno, uni Kompaniyaning yozma roziligisiz uchinchi shaxslarga oshkor qilmaydi.
12.3. Kompaniyaning talabiga ko’ra yoxud Shartnoma tugatilganda Hamkor maxfiy ma’lumot tashuvchilarini qaytaradi yoki yo’q qiladi hamda buni yozma ravishda tasdiqlaydi, u qonun bo’yicha saqlashi shart bo’lgan hujjatlar bundan mustasno.
12.4. Ushbu bo’lim bo’yicha majburiyatlar Shartnoma amal qilish muddati davomida hamda u tugatilgandan keyin 5 yil davomida, bank siri va shaxsiy ma’lumotlar qismida esa qonunchilik va 8-bo’limda belgilangan muddat davomida amal qiladi.
13. MUDDAT, TO’XTATIB TURISH VA TUGATISH
13.1. Shartnoma 3.3-bandda nazarda tutilgan tartibda tuzilgan sanadan kuchga kiradi va Oferta asoslariga ko’ra tugatilgunga qadar amal qiladi.
13.2. Hamkorning Xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha vakolatlari quyidagi hollarda to’liq yoxud tegishli qismida avtomatik ravishda to’xtatib turiladi yoki tugatiladi:
— Bank va Kompaniya o’rtasidagi agentlik shartnomasi yoxud Kompaniyaning vakolatlari to’xtatib turilganda/tugatilganda;
— Bankning roziligi bekor qilinganda, Hamkor/BTP reyestrdan chiqarilganda yoxud kirish huquqi bekor qilinganda;
— hamkorlik BTPsi to’g’risidagi asosiy shartnoma to’xtatib turilganda/tugatilganda;
— muayyan BTP yopilganda, ko’chirilganda yoki maqomini yo’qotganda;
— Bank, Markaziy bank yoxud boshqa vakolatli organ talab qilganda;
— identifikatsiya, ma’lumotlarni saqlash, ularni himoya qilish, bank siri yoxud axborot xavfsizligi talablari buzilganda;
— tekshiruv uchun hujjatlar/kirish taqdim etilmaganda yoxud firibgarlikka asoslangan shubha bo’lganda.
13.3. To’xtatib turilganda yoki tugatilganda Hamkor topshirishni darhol to’xtatadi, barcha Konvertlarning saqlanishi va topshirilishini ta’minlaydi, qurilmalar/materiallarni qaytaradi, TSXning kirish huquqini bekor qiladi, yakuniy hisobot taqdim etadi hamda tergovlar va shikoyatlarni yakunlashda ko’maklashadi.
13.4. Shartnomaning tugatilishi hisob-kitoblar, mol-mulkni qaytarish, javobgarlik, maxfiylik, shaxsiy ma’lumotlar, bank siri hamda avval amalga oshirilgan operatsiyalarni tartibga solish bo’yicha majburiyatlarni tugatmaydi.
14. FORS-MAJOR HOLATLARI
14.1. Tomon Shartnoma tuzilgandan keyin yuzaga kelgan, uning oqilona nazoratidan tashqarida bo’lgan favqulodda va oldini olib bo’lmaydigan holatlar sababli majburiyatlarni bajarmaganlik uchun, o’z vaqtida xabardor qilish va oqibatlarni kamaytirish choralarini ko’rish sharti bilan javobgarlikdan ozod qilinadi.
14.2. Bunday holatlarning yuzaga kelishi va tugashi to’g’risida Tomon boshqa Tomonni 3 ish kunidan kechiktirmay xabardor qiladi. Holatlarning mavjudligi, agar tegishli tasdiqni olish imkoni bo’lsa, vakolatli organning hujjati bilan tasdiqlanadi.
14.3. Fors-major Hamkorni Konvertlar, shaxsiy ma’lumotlar va bank sirining saqlanishini ta’minlash, xavfsiz bo’lmagan operatsiyalarni to’xtatish hamda mol-mulkni qaytarish bo’yicha ko’rsatmalarni bajarish majburiyatidan ozod qilmaydi.
14.4. Agar holatlar 30 kalendar kundan ortiq davom etsa va Xizmatlarni ko’rsatishga to’sqinlik qilsa, Kompaniya BTPni deaktivatsiya qilish yoxud Shartnomani bekor qilish huquqiga ega.
15. XABARNOMALAR VA ELEKTRON HUJJATLAR
15.1. Yuridik ahamiyatga ega xabarlar, hisobotlar, aktlar, hisob-fakturalar, Ko’rsatmalar va xabarnomalar elektron hujjat aylanishi tizimi, shaxsiy kabinet, korporativ elektron pochta, Dastur interfeysi yoxud Kompaniya ko’rsatgan boshqa kanal orqali yuboriladi.
15.2. Hamkor shaxsiy kabinetda, EHAT va Kompaniyaning boshqa tizimlarida manzillar, telefon raqamlari va boshqa kontakt ma’lumotlarni ko’rsatishi va dolzarb holatda saqlashi hamda rasmiy kanallarni har kuni tekshirishi shart. Agar jo’natuvchiga yetkazilmaganlik to’g’risida avtomatik xabar kelmagan bo’lsa, xabar tegishli tizim yoxud elektron pochta qutisiga yetkazilgan paytda olingan hisoblanadi.
15.3. Elektron raqamli imzo bilan imzolangan hujjatlar, shuningdek avtorizatsiyadan o’tilgan shaxsiy kabinet/Dasturda amalga oshirilgan harakatlar qonunchilik va tegishli tizim qoidalari doirasida qog’ozdagi hujjatlar va o’z qo’li bilan qo’yilgan imzoga teng deb tan olinadi.
15.4. Hamkor ERI kalitlari, hisob yozuvlari va kirish vositalarining saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi. Ulardan foydalangan holda, Kompaniyani buzilganligi to’g’risida xabardor qilinguniga qadar amalga oshirilgan harakatlar, aksi isbotlanmagan bo’lsa, Hamkor tomonidan sodir etilgan deb hisoblanadi.
16. NIZOLARNI HAL QILISH
16.1. Nizolar muzokaralar va majburiy da’vo tartibi orqali hal qilinadi. Da’voga javob berish muddati — olingan sanadan boshlab 15 ish kuni.
16.2. Kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizo O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Toshkent shahar hududlararo iqtisodiy sudida ko’rib chiqiladi.
16.3. Shartnomaga O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo’llaniladi.
17. YAKUNIY QOIDALAR
17.1. Hamkorlik shartnomasi, Maxsus shartlar va ularning ilovalari yagona shartnomaviy majmuani tashkil etadi. Ilova bilan asosiy matn o’rtasida farq bo’lganda, agar ilovada to’g’ridan-to’g’ri maxsus qoida belgilanmagan bo’lsa, asosiy matn qo’llaniladi.
17.2. Alohida qoidaning haqiqiy emasligi qolgan qoidalarning haqiqiyligiga ta’sir qilmaydi. Tomonlar haqiqiy bo’lmagan qoidani iqtisodiy va huquqiy mazmuni bo’yicha unga eng yaqin qoida bilan almashtiradilar.
17.3. Shartnoma mehnat munosabatlarini, oddiy shirkatni, qo’shma korxonani yoxud Bank/Kompaniyaning filialini vujudga keltirmaydi. Hamkor o’z xo’jalik faoliyatini va TSX bilan mehnat munosabatlarini mustaqil tashkil etadi.
17.4. Hamkor Bank/Kompaniyaning firma nomlarini, savdo belgilarini va reklama materiallarini faqat Kompaniya yozma ravishda ruxsat bergan hajm va usulda ishlatishga haqli.
17.5. Faollashtirish to’g’risidagi xabarnomalar, elektron reyestrlar, hisobotlar, shaxsiy kabinet ma’lumotlari va axborot tizimlari jurnallari Shartnomaning tuzilgani va bajarilganligining dalili tarkibiy qismi hisoblanadi.
MAXSUS SHARTLARGA 1-ILOVA
HISOBOTLILIK VA HISOB-KITOB QILISH TARTIBI
1.1. Kompaniyaga Agentlik shartnomasi bo’yicha to’lanadigan Bank tariflari Hamkorning tariflari hisoblanmaydi va, agar Kompaniya ushbu Ilovada to’g’ridan-to’g’ri boshqacha tartib belgilamagan bo’lsa, Shartnoma bo’yicha hisob-kitoblarga qo’llanilmaydi.
1.2. Hisobot davridan keyingi oyning 10-ish kunidan kechiktirmay, Kompaniya Hamkorga tasdiqlangan Xizmatlar soni va summa hisob-kitobi bilan hisobot/reyestr yuboradi.
1.3. Hamkor 5 ish kuni ichida asoslangan e’tirozlarni yuboradi. E’tirozlarda operatsiya raqami, BTP, sana va dalillar bo’lishi shart. Tafsilotsiz umumiy nomuvofiqlik havolasi ko’rib chiqilmaydi.
1.4. Hisobot kelishilgandan keyin 5 ish kuni ichida Hamkor EHAT orqali akt va elektron hisob-fakturani rasmiylashtiradi. Kompaniya aktni imzolaydi yoxud 5 ish kuni ichida asoslangan e’tirozlarni yuboradi.
1.5. To’lov tegishli tarzda rasmiylashtirilgan hujjatlarni olgandan keyin 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi. Agar to’lov oluvchi bankka qaytarilmagan bo’lsa, majburiyat Kompaniya hisobidan mablag’ hisobdan chiqarilgan paytdan boshlab bajarilgan hisoblanadi.
1.6. Keyinchalik haqiqiy emas yoxud talablarni buzuvchi operatsiya aniqlangan taqdirda, Kompaniya uni keyingi hisobotdan chiqarib tashlash, summani qaytarishni talab qilish yoxud zachyot qilish huquqiga ega.
MAXSUS SHARTLARGA 2-ILOVA
KONVERTLARNI QABUL QILISH, SAQLASH VA TOPSHIRISHNING OPERATSION TARTIBI
1. QABUL QILISH VA HISOBGA OLISH
1.1. TSX Konvertlarni faqat soni va identifikatorlarini o’z ichiga olgan akt yoki elektron reyestr bo’yicha qabul qiladi. Qabul qilish tasdiqlanguniga qadar u BTP manzilini, har bir Konvertning sonini va butligini tekshiradi.
1.2. Ochilgan/shikastlangan yelim tasma, uzilgan yirtib olish lentasi, yirtilishlar, kesilgan chetlar, teshiklar, botiqlar, qayta yelimlash izlari yoxud tarkibiga kirish alomatlari butlik buzilganligining belgilari hisoblanadi.
1.3. Nomuvofiqlik aniqlanganda TSX buni akt/tizimda qayd etadi, Ko’rsatmaga ruxsat berilgan darajada, ochmasdan qadoqning fotosuratlarini oladi va Kompaniyani darhol xabardor qiladi. Bunday Konvert topshirish uchun muomalaga qabul qilinmaydi.
2. SAQLASH
2.1. Konvertlar yopiq, himoyalangan joyda, buyurtmalar va Mijozlar/xodimlarning erkin kirishidan alohida joylashtiriladi. Kalitlar/kodlar faqat ruxsat berilgan TSXda bo’ladi.
2.2. Smena boshida va oxirida haqiqiy son tizim bilan solishtiriladi. Har qanday nomuvofiqlik hodisa sifatida baholanadi va Kompaniyaga darhol xabar qilinadi.
2.3. Konvertlarni ochish, egish, markirovka qilish, qayta yelimlash, ruxsatsiz BTPlar o’rtasida uzatish, BTPdan olib chiqish yoki maqsadidan boshqacha foydalanish taqiqlanadi.
3. AUTENTIFIKATSIYA VA VERIFIKATSIYA
3.1. TSX ariza raqami/QR-kodni so’raydi va Dasturda tegishli operatsiyani ochadi.
3.2. Mijoz o’z tanloviga ko’ra yaroqli ShTH yoki Raqamli hujjatni taqdim etadi. Hujjat taqdim etilgan sanada amalda bo’lishi va kelgan Mijozga tegishli bo’lishi lozim.
3.3. TSX quyidagilarni tekshiradi:
— Mijozning fotosuratga vizual mosligi;
— F.I.Sh., PINFL va ariza ma’lumotlari;
— hujjatning amal qilish muddati, butligi va soxtalashtirish belgilari yo’qligi;
— Konvertdagi ma’lumotlarning ariza ma’lumotlariga mosligi; ismning yo’l qo’yilgan texnik qisqartmalari nomuvofiqlik hisoblanmaydi;
— Dasturda maydon nazarda tutilgan bo’lsa, Mijozning o’z mobil qurilmasiga kelgan OTP.
3.4. TSX OTPni nusxalamaydi, Mijoz bo’lmaganda uni uning o’rniga kiritmaydi va kodni messenjerga yuborishni so’ramaydi. Kod faqat faol seansda ishlatiladi.
3.5. Mijoz Konvertdan bosh tortsa, yaroqli hujjat taqdim etmasa, OTP olish vositasisiz kelsa, ma’lumotlar mos kelmasa, hujjat asosli shubha uyg’otsa, Mijoz majburiy fotoqaydga rozi bo’lmasa yoxud tizim tekshiruvni yakunlashga imkon bermasa, topshirishdan bosh tortiladi.
4. FOTOQAYD VA YAKUNLASH
4.1. Fotosuratlar faqat kelishilgan xizmat qurilmasida Dastur vositalari bilan yaratiladi. Shaxsiy telefon kamerasidan, oddiy galereyadan, messenjer yoki elektron pochtadan foydalanish taqiqlanadi.
4.2. Fotosurat rangli, aniq, yorug’lik ta’siri, begona shaxslar va predmetlarsiz bo’lishi kerak. Mijozning yuzi va hujjat ma’lumotlari farqlanadigan bo’lishi lozim. Hujjat Dasturda ko’rsatilgan hajmda to’liq aks etadi.
4.3. Hujjat turiga qarab quyidagilar fotosuratga olinadi: biometrik/xorijiy pasportning fotosurat bilan sahifasi; ID-kartaning old va orqa tomonlari; fotosurat bilan haydovchilik guvohnomasining tomoni; Dasturda ko’rsatilgan Raqamli hujjat ekranlari.
4.4. Muvaffaqiyatli dastlabki tekshiruvdan so’ng TSX Mijozga Konvertni topshiradi va ShTH/Raqamli hujjat hamda Bank kartasi bilan Mijozning Bank talab qilgan tasdiqlovchi fotosuratini oladi. Karta va hujjat PIN-kod va boshqa yopiq elementlarni oshkor qilmaydigan tarzda joylashtiriladi.
4.5. TSX operatsiyani faqat materiallar muvaffaqiyatli yuklangandan va yakuniy holat olingandan so’ng yakunlaydi. Yuklashda xato yuz berganda u qo’llab-quvvatlash ko’rsatmasiga muvofiq harakat qiladi va lokal nusxa yaratmaydi.
5. QAYTARISH
5.1. Talab qilinmagan Konvertlar saqlash muddati tugagandan so’ng yoxud Kompaniyaning talabiga ko’ra muddatidan oldin qaytariladi. Topshirish jarayonning har ikki tomoni tasdiqlagan akt/reyestr bilan rasmiylashtiriladi.
5.2. Shikastlangan, noto’g’ri manzilga yuborilgan va topshirishga bloklangan Konvertlar alohida saqlanadi hamda Kompaniya belgilagan muddatda qaytariladi.
MAXSUS SHARTLARGA 3-ILOVA
SHAXSIY MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHGA TOPSHIRIQ VA BANK SIRIGA QO’YILADIGAN TALABLAR
1.1. Shartnomani bajarish maqsadida Kompaniya topshiriq beradi, Hamkor esa Mijozlarning ma’lumotlarini faqat Bank/Kompaniya tomonidan texnik jihatdan taqdim etilgan va Bank kartasini topshirish uchun zarur bo’lgan hajmda qayta ishlash majburiyatini oladi.
1.2. Ma’lumotlar toifalariga quyidagilar kirishi mumkin: F.I.Sh., PINFL, tug’ilgan sana, telefon raqami, ariza ma’lumotlari, ShTHning turi va rekvizitlari, ShTH/Raqamli hujjatning tasviri, Mijozning yuz tasviri, Mijozning Bank kartasi bilan fotosurati, tanlangan BTPning manzili, operatsiyaning sana/vaqti va holati, shuningdek Ilovada to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatilgan boshqa ma’lumotlar.
1.3. Qayta ishlash maqsadlari: Mijozni Autentifikatsiya va Verifikatsiya qilish; topshirilganligini tasdiqlash; firibgarlikning oldini olish; shikoyatlarni ko’rib chiqish; sifatni nazorat qilish; qonunchilik, Bank va vakolatli organlarning talablarini bajarish.
1.4. Hamkorning yo’l qo’yiladigan harakatlari: Dasturda cheklangan kirish huquqini olish, ko’rish, solishtirish, holatni kiritish, Dastur vositalari bilan fotosuratga olish va himoyalangan kanal orqali Bankka uzatish. Hamkorning nusxalarni mustaqil to’plashi va saqlashi taqiqlanadi.
1.5. Hamkor majburiyatiga oladi:
— ma’lumotlarni himoya qilish uchun mas’ul shaxsni tayinlash va uning kontaktlarini Kompaniyaga taqdim etish;
— faqat maxfiylik majburiyati bilan bog’langan o’qitilgan TSXni jalb qilish;
— shaxsiy hisob yozuvlari, ko’p faktorli himoya va qurilmani bloklashni qo’llash;
— ish o’rnining uchinchi shaxslar tomonidan ko’rilishidan jismonan himoyalanishini ta’minlash;
— ma’lumotlarni taqdim etilgan tizimlar chegarasidan tashqariga uzatmaslik va ko’chma tashuvchilardan foydalanmaslik;
— ruxsat etilmagan dasturiy ta’minotni ulamaslik va himoya vositalarini o’chirmaslik;
— ishdan bo’shatilgan/chetlashtirilgan TSXning kirish huquqini darhol to’xtatish va Kompaniyani xabardor qilish;
— ma’lumot subyektlarining so’rovlari, tekshiruvlar va tergovlarda ko’maklashish;
— o’z faoliyatiga tegishli shaxsiy ma’lumotlar bazalarini lokalizatsiya qilish va ro’yxatdan o’tkazish talablariga rioya qilish.
1.6. Hamkor Mijozning kirish, tuzatish, o’chirish yoki rozilikni bekor qilish to’g’risidagi so’roviga Bank nomidan javob berishga haqli emas. Bunday so’rov darhol Kompaniya/Bankka uzatiladi, Hamkor esa ularning ko’rsatmalariga muvofiq harakat qiladi.
1.7. Hodisa to’g’risidagi xabarnoma, ma’lum bo’lgan darajada, quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim: sana/vaqt, BTP va TSX, hodisa turi, ta’sirlangan ma’lumotlar/operatsiyalar, taxminiy Mijozlar soni, ko’rilgan choralar va mas’ul shaxsning kontaktlari. Dastlabki xabarnoma bir soat ichida yuboriladi, keyingi ma’lumot esa aniqlashtirilgan sari taqdim etiladi.
1.8. Hamkor, agar qonunchilik yoxud davlat organi tomonidan to’g’ridan-to’g’ri talab qilinmagan bo’lsa, Kompaniya/Bank bilan kelishmasdan hodisa to’g’risida Mijozni, OAVni yoxud uchinchi shaxslarni xabardor qilmaydi.
1.9. Kirish huquqi tugatilgandan so’ng Hamkor Kompaniya ko’rsatgan tartibda o’zidagi qurilmalardagi barcha texnik qoldiq ma’lumotlarni o’chiradi va lokal nusxalar yo’qligini tasdiqlaydi.
1.10. Hamkorga Xizmatlarni ko’rsatish jarayonida ma’lum bo’lgan, hisoblar, operatsiyalar, Mijozlar va Bank bilan munosabatlarga oid ma’lumotlar bank siri sifatida qo’riqlanadi. Ularni oshkor qilishga faqat qonunda belgilangan tartibda Bank, Kompaniya va vakolatli organlarga yo’l qo’yiladi.
MAXSUS SHARTLARGA 4-ILOVA
KONVERTLARNING HARAKATIGA OID HUJJAT SHAKLLARI
1-shakl. Konvertlarni qabul qilish-topshirish akti
________shahri «» __________ 202 yil
Kompaniya quyidagi Konvertlarni topshirdi, Hamkor esa qabul qildi:
| № | Identifikator/raqam | BTP | Soni | Izohlar |
|---|---|---|---|---|
| 1 | ||||
| 2 | ||||
| 3 | ||||
| 4 | ||||
| 5 |
Topshirdi (Kompaniya): __________________ /_____________/
Qabul qildi (Hamkor): __________________ /_____________/
2-shakl. Talab qilinmagan/shikastlangan Konvertlarni qaytarish akti
____________ shahri «» __________ 202 yil
| № | Identifikator/raqam | BTP | Qaytarish sababi | Holati | Izohlar |
|---|---|---|---|---|---|
| 1 | |||||
| 2 | |||||
| 3 | |||||
| 4 | |||||
| 5 |
Topshirdi (Hamkor): __________________ /_____________/
Qabul qildi (Kompaniya): __________________ /_____________/
3-shakl. Yo'qotish/hodisa to'g'risida akt
| Aniqlangan sana va vaqt | |
| BTP / TSX | |
| Konvertlar/operatsiyalar identifikatorlari | |
| Hodisa tavsifi | |
| Taxminiy sababi | |
| Darhol ko'rilgan choralar | |
| Kimga va qachon xabar berilgani | |
| Ilova qilingan materiallar |
Tuzdi: __________________ /_____________/
Kompaniyaga yuborilgan sana/vaqt: __________________
HAMKORLIK SHARTNOMASIGA 6-ILOVA — «QOIDABUZARLIKLAR TARIFIKATORI»
Ushbu Ilova Hamkorlik shartnomasining 4.2-bo’limi shartlari buzilishi uchun jarima miqdorlarini, javobgarlik turlarini va bartaraf etish muddatlarini belgilaydi. «A turi», «B turi» va «C turi» atamalari Shartnomaning 9.3.1-bandida belgilangan ma’noda qo’llaniladi.
«Bitta martalik jarima summasi bo’yicha chegara» ustuni bitta hodisa bo’yicha hisoblanishi mumkin bo’lgan jarima va kunlik jarimaning maksimal jami summasini ko’rsatadi; u hodisalarning o’z sonini cheklamaydi.
Chiziqcha («—») belgisi qoidabuzarlik davom etgani uchun kunlik jarima hisoblanishi nazarda tutilmaganligini va jarima bir martalik ekanligini bildiradi.
1. Jiddiy qoidabuzarliklar
| Shartnoma bandi | Turi | Jarima, ball | Takrorida jarima (12 oy) | Bartaraf etish muddati | Bitta martalik summa chegarasi | Kunlik jarima |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 4.2.4 | A | 500 | — | — | 1000 | — |
| 4.2.8 | C | 500 | 700 | 3 kun | 1000 | 100 |
| 4.2.30 | C | 500 | 700 | 3 kun | 1000 | 100 |
| 4.2.31 | A | 300 | 500 | — | 1000 | — |
| 4.2.32.1 | Maxsus tartib — 9.3.5-bandga qarang | Bahslashilmaydigan summani ushlab qolish | — | 3 kun | — | 50 |
| 4.2.35 | C | 500 | — | 1 kun | 1000 | 50 |
| 4.2.38 | C | 200 | — | 1 kun | 1000 | 50 |
| 4.2.39 | A | 500 | 1000 | — | 1000 | — |
| 4.2.40 | A | 300 | 700 | — | 1000 | — |
| 4.2.44 | B | 100 | — | 3 kun | 1000 | — |
| 4.2.44.2 | A | Tovarning to‘liq qiymati | — | — | — | — |
| 4.2.45 | C | 30 | 60 | 1 kun | 500 | 10 |
| 4.2.50 | A | Yetishmovchilik/shikastlanishda Tovarning to‘liq qiymati | — | — | — | — |
| 4.2.51 | A | Yetishmovchilik/shikastlanishda Tovarning to‘liq qiymati | — | — | — | — |
| 4.2.54 | C | 20 | — | 3 kun | 300 | 5 |
2. Muhim operatsion qoidabuzarliklar
| Shartnoma bandi | Turi | Jarima, ball | Takrorida jarima (12 oy) | Bartaraf etish muddati | Bitta martalik summa chegarasi | Kunlik jarima |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 4.2.2 | B | 150 | 300 | 5 kun | 1000 | 20 |
| 4.2.5 | B | 50 | 100 | 5 kun | 1000 | 10 |
| 4.2.6 | A | 50 | 70 | — | — | — |
| 4.2.7 | B | 150 | 300 | Jiradagi vazifaning shoshilinchligiga qarab | 1000 | 10 |
| 4.2.21 | A | 150 | — | 3 kun | — | — |
| 4.2.23 | B | — | — | 5 kun | 1000 | 10 |
| 4.2.25 | A | 50 | 100 | 1 kun | 1000 | 10 |
| 4.2.26 | A, o‘z vaqtida xabardor qilinganda ozod etish bilan | Bo‘sh turish davomiyligiga qarab 20 / 90 / 150 | — | — | 1000 | — |
| 4.2.29 | B | 50 | — | 5 kun | 500 | 10 |
| 4.2.34, 4.2.34.1, 4.2.34.2 | B | 50 | — | 3 kun | 1000 | 20 |
| 4.2.37 | A | 100 | — | — | 1000 | — |
| 4.2.41 | C | 700 | 1200 | 5 kun | 3000 | 100 |
| 4.2.42 | C | 50 | — | 5 kun | 500 | 20 |
| 4.2.46 | A | Har bir holat uchun 7 ball | — | — | — | — |
| 4.2.47, 4.2.47.1 | A | Har bir holat uchun 7 ball | — | — | — | — |
| 4.2.48, 4.2.48.1, 4.2.48.2 | A | Har bir holat uchun 7 ball | — | — | — | — |
| 4.2.49 | A | Har bir holat uchun 10 ball + qo‘shimcha zararlarni qoplash | — | — | 1000 | — |
3. Ma’muriy va hujjatli qoidabuzarliklar
| Shartnoma bandi | Turi | Jarima, ball | Takrorida jarima (12 oy) | Bartaraf etish muddati | Chegara | Kunlik jarima |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 4.2.3, 4.2.18, 4.2.19, 4.2.22, 4.2.27, 4.2.43 | B | 20 | — | 3 kun | 1000 | 10 |
4. Vizual, marketing va boshqa muhim bo‘lmagan qoidabuzarliklar
| Shartnoma bandi | Turi | Jarima, ball | Takrorida jarima (12 oy) | Bartaraf etish muddati | Chegara | Kunlik jarima |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 4.2.10 | C | 50 | — | 1 kun | 500 | 10 |
| 4.2.14 | B | 20 | — | 2 kun | 500 | 5 |
| 4.2.15 | C | 20 | — | 2 kun | 500 | 5 |
| 4.2.16 | A | 10 | — | — | — | — |
| 4.2.20 | A | 50 | — | — | — | — |
| 4.2.32 | B | 20 | — | 3 kun | 500 | 5 |
| 4.2.33 | C | 50 | — | 5 kun | 1000 | 10 |
| 4.2.34.3 | B | 50 | — | 3 kun | 1000 | 10 |
| 4.2.36 | B | 50 | — | 10 kun | 1000 | 10 |